Mundarija kirish I. Bob maktabgacha ta’lim tizimida pedagogic jarayonlarni loyhalashtirishning dolzarbligi



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə4/12
tarix18.12.2023
ölçüsü62,81 Kb.
#183936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi fotima 1112

Ikkinchidan, pedagogik faoliyat kattalar ijtimoiy qimmatli faoliyatining alohida turidir. Bu ishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, har qanday jamiyat, davlatning ma‟naviy, iqtisodiy qudrati uning a‟zolarining madaniyatli shaxs sifatida o„zini-o„zi kamol toptirishi bilan bevosita bog„liqdir. Insonning ma‟naviy olami boyib boradi. Uning hayotiy faoliyatining turli sohalari takomillashib, o'ziga, boshqa odamlarga, tabiatga axloqiy munosabat shakllanmoqda. Ma'naviy va moddiy qadriyatlar va shu tufayli jamiyat taraqqiyoti, uning ilg'or rivojlanishi amalga oshiriladi. Har bir insoniyat jamiyati pedagogik faoliyatning ijobiy natijalaridan manfaatdor. Agar uning a'zolari tanazzulga uchrasa, hech bir jamiyat to'liq rivojlana olmaydi.
Uchinchidan, pedagogik faoliyatni kasbiy bilimlar asosida maxsus tayyorlangan va tayyorlangan mutaxassislar amalga oshiradilar. Bunday bilimlar insonni tarixan shakllangan va doimiy rivojlanib boruvchi hodisa sifatida bilishga yordam beradigan gumanitar, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa fanlar tizimidir. Ular bizga uning ijtimoiy hayotining turli shakllarini, tabiat bilan munosabatlarini tushunishga imkon beradi. Kasbiy bilimdan tashqari, kasbiy mahorat ham muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi bilimlarni amaliy qo'llashda doimo takomillashmoqda. Aksincha, u ularni faoliyatdan tortib oladi. – “Bu yerga kel” deyishni o„n beshyigirma rangda aytishni o„rganganimdagina haqiqiy usta bo„ldim, – deb tan oldi A.S. Makarenko.
To`rtinchidan, pedagogik faoliyat ijodiydir. Ikkita bir xil odamni, ikkita bir xil oilani, ikkita bir xil sinfni va hokazolarni topish mumkin bo'lmaganidek, uning yo'nalishining barcha mumkin bo'lgan variantlarini dasturlash va bashorat qilish mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta‟lim tashkilotlarining oldiga - yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo'ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta'lim tizimida davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga maktabgacha ta'limni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi - matabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma'nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri - erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o'z xaq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas'uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik san'atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san'atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko'p yillik tajriba talab etiladi. O'zbekistonda maktabgacha ta'limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasida "shaxs manfaatlari va ta'lim ustuvorligi" masalalari borasida bir qator olimlar izlanish olib bormoqdalar. Bular R.H. Djuraev, J.G'. Yo'ldoshev, S.Turg'unov, R.Safarova, M. Yuldashev, SH.A. Abdullaeva, Y. M. Asadovlardir. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish bo'yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o'zgardi, zamonaviy o'quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo'lgan ta'lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-me'yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o'rganish va shu asosda chora-tadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg'unlikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalari to'g'risida e'tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma'naviy barkamol shaxs bo'lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiyma'naviy jihatdan o'sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida insonparvarlik omilini ta'minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o'zining "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz" kitobida: "O'z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo'lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa - kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi"-degan fikrni e'tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati - tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo'lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e'tirof etiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma'nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta'lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog'liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilishda ta'lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otishdir. Pedagogning ko'p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo'lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lgan nufuzli rahbar, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg'ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo'lgan shaxslardir. Mustaqil O'zbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat e'tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo'yiladigan mas'uliyat ham katta. Hozirgi kunda o'zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo'shayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil O'zbekiston diyorida pedagog shaxsiga bo'lgan e'zoz, e'tibordan dalolatdir. Imom al Buxoriyning «Al - jomi' as - sahih» hadislar to'plamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm o'rganish va o'rgatish odobi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm o'rgatish va o'rganishga doir hadislar keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o'rgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, pedagogik -axloqiy g'oyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar malakasini oshirish jarayonida, ularning pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot va kommunikatsiya ko'nikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni e'tiborga olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. Ilmga chanqoq o'zbek xalqida ziyoli, ilmli insonlarni e'zozlash, ular faoliyatiga havas bilan qarash xususiyati mavjud.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu borada to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta'lim tashkilotlarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanmoqda, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik tenologiyalar bilan to'liq ta'minlanmoqda. Jahon andozalariga javob beradigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari qaror topmoqda va ularni rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirishda, ta'lim jarayonini to'liq axborotlashtirish kuzda tutilmoqda.

  • Hozirgi paytda maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda: sifatli o'quv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish;

  • ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'limga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish;

  • ta'lim-tarbiya sifatining mahsulasi - natijani qo'lga kiritish va boshqalar.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida keltirilgan bosh g'oya, ya'ni: faqat ilm va bilimlar jamiyatni rivojlantirishi, davlatni taraqqiy ettira olishi mumkinligi", to'g'risidagi g'oyasiga monand ravishda sifatli ta'lim boshqaruvini amalda joriy etish talab etiladi. Demak, bugungi kunda jahon andozalariga tenglashtirilgan ta'lim sifat tizimi asosida mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda pedagogdan ta'lim berishda yuksak mahorat talab etiladi. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi "Layf Kouching", Ta'lim institutlari (Buyuk Britaniya); ta'lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiy-nazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qo'llash uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin