Mundarija kirish I. Bob maktabgacha ta’lim tizimida pedagogic jarayonlarni loyhalashtirishning dolzarbligi



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə9/12
tarix18.12.2023
ölçüsü62,81 Kb.
#183936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi fotima 1112

Rolli o’yin mashg’uloti-mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda bolalarga oldindan ma‘lum rollarni taqsimlash va mashg‘ulot jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi.
Teatrlashtirilgan mashg’ulot – mashg‘ulot mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil etish orqali mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha chuqur, aniq ma‘lumotlar berish darsi.
Kompyuter mashg’uloti- tegishli mashg‘ulot turi bo‘yicha mashg‘ulot mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o‘quv kursi va shu kabilar) asosida o‘tiladigan dars.
Yarmarka mashg’uloti – mashg‘ulot mavzusini bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirgan bolalarning o‘zaro muloqot asosida guruhga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan mashg‘ulot.
Integral (integratsiyalashgan) mashg’ulot- bir nechta mashg‘ulot turlariga doir va integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan mashg‘ulot bo‘lib, bolalarning turli mashg‘ulot turlarga qiziqishlarini orttirib, ta‘lim jarayonidagi faolliklarini ta‘minlaydi.
«Mo’jizalar maydoni» mashg’uloti- bolalar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to‘g‘ri javoblar topish va g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali bolalarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Didaktik uyinlarini tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik uyin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi.bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e‘tiborida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik uyin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va mashg‘ulotning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Didaktik uyin turlarini tanlash mezonlari:
-ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha-o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, o‘smirlar, katta yoshdagilar uchun o‘yinlar;
-ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha-yakka, juftlikda,http://hozir.org/9-a-sinf-i-guruh-9-a-sinf-ii--guruh-9-b-sinf-i-guruh.htmlkichik guruh, katta guruh, guruh jamoasi, raqobatdosh komandalar va ommaviy o‘yinlar
-vaqt me‘yori bo‘yicha-mashg‘ulot, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o‘yinlar.
Har bir didaktik o‘yin jarayonida o‘ziga xos vositalar turlari qo‘llaniladi va mashg‘ulot jarayonida ulardan to‘g‘ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni qo‘yidagi turlarga ajratish mumkin
-kontselyariya tovarlari-turli o‘lchamlardagi oq va rangli qog‘ozlar, skotch, ruchka, qalam, chizg‘ich, elim va boshqalar.
-texnika,-proektor, mikrofon, kompyuter, televizor;
Maktabgacha ta‘limda har bir bola ayrim turdagi didaktik o‘yin mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda bolalar o’z mashg‘ulot turlari bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi mashg‘ulotni eng maqsadga muvofiq didaktik o‘yin turlaridan foydalanib o‘tkazish yuzasidan dars ishlanmasini tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg‘ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o‘tkazib borishlari tavsiya qilinadi.

Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin