24- Mavzu: Zardo’zlik buyumlaridan tikish. I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do'zi (tikmoq) so'zini anglatadi.
Zardo'zlikni bilish uchun asosan quyidagi hunarlami yaxshi bilishi kerak: l. Rasm solish va naqsh chizishni; 2. Gul kesishni, ya'ni gulbur bo'lishni; 3. Kesilgan gulga zarni tika bilishi kerak;
Z ardo'z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har bir buyum uchun alohida andoza tayyorlanadi va bichiladi. Axta va Xoka yordamida kartonga naqshi tushiriladi. Axta, ulgi, nusha -naqsh yoki rasmni qog'ozga chizib, chiziq yo'llarigina bilan teshilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo'yin qaychi yordamida kesib olinadi. Bunday ishni gulbur bajaradi. Hozirda kartondan foydalaniladi. Kartonni yuziga sariq bo'z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi va bir tekisda chiqadi. Kartondan gul kesish tez va oson, zar bilan tikish qulay hamda sifatli bo'ladi. Gullar kesilib, chambarak tayyor bo'lgach, ya'ni unga bo'zdan qilingan (8-rasm.) kerish tortiladi. Kerish (ta'vor) ustiga tikiladigan buyum gazlamasiga qadab chiqiladi. Gazlama ustidan qo’yilgan gul bichiqlari surilib ketmasligi uchun ular yirik qaviqlar bilan chatib qo'yiladi. Odatda ta'vor ish batamom nihoyasiga yetgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo'z ikkita angishvona yordamida tikib hammamizga ayonki, zardo'zlik ikki qo'l bilan tikilib, ignasi kalta va nozik bo'lishi lozim. Tilla rangli zami qizil, sariq iplar bilan. Kumush zarni oq ip bilan tikiladi. Zar ipni to'rt qavat qilib patilaga ya'ni zar ip o'raydigan cho'pga o'raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi. Zardo'zlik ishi quyidagicha olib boriladi: dastlab zar ip bilan asosiy gullar, keyin to'ftado'ziy yoki simdo'ziy zar ip bilan gulning qismlari tikiladi. Bu iplami berishimdo'ziy, ipak, sun'iy ipak ip aralashgan zarrin sim kabi nomlar bilan ataladi. Zargarlik ziynatlari, tabiiy va sun'iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar, metall po'lakcha, bo'rtma naqshlar tikiladi. Shu tariqa gullaming barchasi tikilib bo'lgach, qirg'oqlarini pishiqqina yigirilgan zarrin ip tahrir bilan nozik yo'l qilib, qator halqachalar yordamida aylantirilib chiqiladi. Gullaming girdini aylantirish bilan baravariga tikilmay qolgan joylami ham marg'ula, tagalak (jingalak. spiralsimon jingalak) nusha gullar bilan to'ldirib bezatiladi. Erkak va ayollar kiyim kechaklari, uy-ro'zg'or buyumlari zardo'zlik ishi tugashi bilan korcho'pdan birato'la olinadi.
Ko'ylak kashtalari, poyafzal, do’ppilar, peshonaband, ro'mollar va boshqa buyumlar qalinroq bo'lishi uchun teskari tomonidan yelimda bir necha qavat gazlama yoki qog'oz qo'yib yelimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi.
Yelimlar-suyuqlangan yuqori molekulyar anorganik va organik moddalar yoki ulaming eritmalari bo'lib, turli materiallami bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi.
IV. Takrorlash uchun savollar:
l. Zardo'zlikda qanday asboblar va zaruriy ashyolar ishlatiladi?
2. Zardo'zlikda qanday iplar ishlatiladi?
3. Buyumlar qanday gazlamalardan tayyorlangan?
V.Uyga vazifa: Zardo’zlik san’atini tarixini o’rganish;