3- Mavzu: Kashtachilikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya - gigiyena qoidalari va kerakli asbob- moslamalar.
To‘garakning maqsadi: O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
To‘garakning jihozlari: Ko‘rgazmali rasmlar ,bukletlar.
Mashg‘ulotning borishi: XAVFSIZLIK TEXNIKASI VA SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARI.
1. Ish o‘rniga yorug‘lik oldi yoki chap tomonidan tushishi;
2. Kashta tikayotganda to`g`ri va boshni sal oldinga egib o`tirish;
3. Kashta tikayotganda ish o`rnini ko`rib, ortiqcha narsalar bo`lsa yig`ishtirib so`ngra tikishni boshlash;
4. Tikish tugagach ya'ni hamma asboblarni joy-joyiga qo`yish;
5. Kashta tikayotganda igna, qaychi, ilgak va angishvona bilan ishlaganda ehtiyot bo`lishi kerak.
6. Qaychining og`zi ochiq qolmasligi, biror kishiga uzatganda uning uchidan ushlab uzatish lozim.
7. Ignani og`ziga olib borish, ko`ylakka ilib olish, har yerga tashlash, ipsiz qoldirish eng yomon odat. Ignani doimo ip o’ramiga qadab qo`yish kerak.
KASHTA TIKISH ASBOBLARI VA MOSLAMALARI:
Qo`lda kashta tikish uchun o`ziga xos asboblar bo`ladi. Kashtachilikda ignalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak ishlatiladi.
Kashtachilikda oq, kul rang, och sariq, och malla rangli surp, bo`z, karbos, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarda naqshlar chizilganda yaxshi ko`rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi.
Gul, rasm, naqshlar chizish uchun chizg`ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, albom, o`chirg`ich, millimetrlangan qog`oz, nusxa ko`chiradigan qog`oz va shaffof qog`ozlar kerak bo`ladi.
Kashta tikish chambaraklari:
To‘garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:
1.Kahstachilikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalarini aytib bering?
Uyga vaziga: Kashtachilikdagi asbob va moslamalarda ishlashda xavfsizlik texnikasini o’rganish.
Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________
Sana_________
Dostları ilə paylaş: |