9- Mavzu: Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish.
I.To‘garakning maqsadi: O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
I I.To‘garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko‘rgazmali rasmlar, bukletlar.
III.Mashg‘ulotning borishi: O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o`zi uchun buyumlarni o‘zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko‘p, masalan, so‘zana, kirpich, choyshab, choy xalta, zardevor, palak, gulko‘rpa, dorpech, parda, belbog‘, do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon, joynomoz, sumka, nimcha va boshqalar badiiy did bilan bezatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz. Palak-devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo‘zga kashta tikib tayyorlangan. U so‘zanadan gullarning yirikligi, zaminining ham kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o`rtasida yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o`simliksimon naqshlar tikiladi.
Mashhur kashtado`zlar ba'zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o`z mahoratlarini namayon etadilar. Agar oyni ichi sidirg`a rangda ifodalangan bo`lsa, uni oypalak, gar naqshdan bo`lsa gulpalak va hokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo`l mehnati ko`p bo`lganligi uchun so`zana deyila boshladi. Lekin hozir palakni qo`lda tikishga katta ahamiyat berilmoqda.
Kirpech- kirpo`sh, tokchaga taxlab qo`yiladigan kiyim-kechak ustidan yoki devorni vertikal bo`sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo`lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo`lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. Kirpech o`lchami 250X65sm.
So’zana - forscha so`zani deb ham yuritiladi, igna bilan tikilgan degan ma'noni beradi. (6- rasm). So`zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo`lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo`yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga tikib tayyorlanadi. U o`ziga xos badiiy ko`rinishiga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalaniladilar. Shuning uchun palakdan farq qiladi.
IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:
1.Kahstachilikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalarini aytib bering?
2. Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?
V.Uyga vaziga: Kashta tikishni o‘rganish.
Ko‘rildi:_________MMIBDO’:___________
Sana_________
Dostları ilə paylaş: |