Texnologiya fani o‘qituvchisi M. Yakubovaning 2022-2023 o‘quv yili uchun texnologiya fanidan taqvim mavzu rejasi


- Mavzu: Maxsulot ishlabchiqarish texnalogiyalari



Yüklə 14,93 Mb.
səhifə14/26
tarix17.07.2023
ölçüsü14,93 Mb.
#136714
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Texnologiya to\'garak tayyori 68s

19- Mavzu: Maxsulot ishlabchiqarish texnalogiyalari
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi.
Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do'zi (tikmoq) so'zini anglatadi.
Zardo'zlikni bilish uchun asosan quyidagi hunarlami yaxshi bilishi kerak: l. Rasm solish va naqsh chizishni; 2. Gul kesishni, ya'ni gulbur bo'lishni; 3. Kesilgan gulga zarni tika bilishi kerak;
Z ardo'z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har bir buyum uchun alohida andoza tayyorlanadi va bichiladi. Axta va Xoka yordamida kartonga naqshi tushiriladi. Axta, ulgi, nusha -naqsh yoki rasmni qog'ozga chizib, chiziq yo'llarigina bilan teshilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo'yin qaychi yordamida kesib olinadi. Bunday ishni gulbur bajaradi. Hozirda kartondan foydalaniladi. Kartonni yuziga sariq bo'z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi va bir tekisda chiqadi. Kartondan gul kesish tez va oson, zar bilan tikish qulay hamda sifatli bo'ladi. Gullar kesilib, chambarak tayyor bo'lgach, ya'ni unga bo'zdan qilingan (8-rasm.) kerish tortiladi. Kerish (ta'vor) ustiga tikiladigan
b uyum gazlamasiga qadab chiqiladi. Gazlama ustidan qo’yilgan gul bichiqlari surilib ketmasligi uchun ular yirik qaviqlar bilan chatib qo'yiladi. Odatda ta'vor ish batamom nihoyasiga yetgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo'z ikkita angishvona yordamida tikib hammamizga ayonki, zardo'zlik ikki qo'l bilan tikilib, ignasi kalta va nozik bo'lishi lozim. Tilla rangli zami qizil, sariq iplar bilan. Kumush zarni oq ip bilan tikiladi. Zar ipni to'rt qavat qilib patilaga ya'ni zar ip o'raydigan cho'pga o'raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi. Zardo'zlik ishi quyidagicha olib boriladi: dastlab zar ip bilan asosiy gullar, keyin to'ftado'ziy yoki simdo'ziy zar ip bilan gulning qismlari tikiladi. Bu iplami berishimdo'ziy, ipak, sun'iy ipak ip aralashgan zarrin sim kabi nomlar bilan ataladi. Zargarlik ziynatlari, tabiiy va sun'iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar, metall po'lakcha, bo'rtma naqshlar tikiladi. Shu tariqa gullaming barchasi tikilib bo'lgach, qirg'oqlarini pishiqqina yigirilgan zarrin ip tahrir bilan nozik yo'l qilib, qator halqachalar yordamida aylantirilib chiqiladi. Gullaming girdini aylantirish bilan baravariga tikilmay qolgan joylami ham marg'ula, tagalak (jingalak. spiralsimon jingalak) nusha gullar bilan to'ldirib bezatiladi. Erkak va ayollar kiyim-kechaklari, uy-ro'zg'or buyumlari zardo'zlik ishi tugashi bilan korcho'pdan birato'la olinadi.Ko'ylak kashtalari, poyafzal, do’ppilar, peshonaband, ro'mollar va boshqa buyumlar qalinroq bo'lishi uchun teskari tomonidan yelimda bir necha qavat gazlama yoki qog'oz qo'yib yelimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi.Yelimlar-suyuqlangan yuqori molekulyar anorganik va organik moddalar yoki ulaming eritmalari bo'lib, turli materiallami bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi.

Ko’rildi:__________MMIBDO’:_________________



Sana_________
20- Mavzu: Zardo’zlikda zar tikish usullari
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U Z ardo'zlikda o'ttiz xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o'ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir-biridan farq qiladi. l. Zardo'ziy zamindo'ziy -tagini yoppasiga zar bilan tikish. 2. Zardo 'ziy guldo'ziy –bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib, faqat gul naqshlarining o'zi zar bilan tikiladi, biroz bo'rtma naqshgul hosil bo'ladi.Guldo'zi usulida karton gullar yuzasi to'rt qavat qilib o'ralgan zar ip bir tekisda, hamda zar ip matodan o'tmaganligi sababli karton tomoni oddiy iplar bilan tikib chiqiladi. 3. Zardo'ziy birishimdo'ziy -goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikiladi. 4. Zardo'ziy pulakchado'ziy-pulakcha deb ataladigan piston qadab zardo'zlik tikish. Zamindo'zlikning ikki asosiy usuli ma'lum: a) To'g'ridan -to'g'ri matoga tikish, b) Siddiy deb ataluvchi to'shmaga tikish. Siddiy jaydari ipakdan tayyorlanadi. Birinchi navbatda ip 4 yoki 5 qavat qilib, keyin ikki qavat qilib eshiladi. Shu hosil bo'lgan ingichka shnurni zardo'zlikda siddiy deb yuritiladi.
Guldo 'ziy-zamindo 'ziy aralash usuli.
Tikilish joyining yuzasi, katta-kichikligiga qarab, o'lchamga moslab siddilar sariq bo'z ustiga 8,20,24 qator qilib tortiladi. Zamindo'zi ayollar pesh-matlarida, to'nlarda, har xil zardo'z buyumlarda va zardo'zi do'ppilarining jiyaglarida ishlatiladi. Qalin matodan zar ipning o'tishi qiyin, o'tgan taqdirda ham uzoqqa chidamagan, titilib ketgan. Shuning uchun zar ip pilta, ya'ni tushama yo'llariga ko'ndalang tarzda qator qilib yotqizib chiqilgan, ustidan ipak yoki paxta ip yordamida ilib-ilib tikiladi. Ular baxyalar orasiga joylashganidan chatilgan ilgaklarning turlicha joylashuvi o'ziga xos kashtani yuzaga keltiradi. Ipak va paxta ip zar ipni qisib turganidan qator chuqurchalar hosil qilib, ip o'tmagan joylar xiyol do'ppayib qolavergan, bu keng sath uzra to'lqinsimon chiziqlar hosil qilgani uchun tikuvchilar tilida mavj degan nom olgan. Chatib tikish zardo'zlarning ijodiy xayolati va kashfiyotchiligi uchun keng imkoniyatlar tug'dirgan. Mavjning bir necha turi yuzaga kelganining boisi ham chatishini necha turda amalga oshirilganligidandir.
Hosil bo'lgan naqshlar to'rtburchak, romb, siniq chiziqlar va ko'pgina ko'rinishda bo’lgan. Shu tariqa hosil bo'lgan chokli kashtalar uchun Buxoro zardo'zlarining o'ziga xos va puxta ishlab chiqilgan iboralari bor bo'lib, ular avloddan-avlodga hech bir o'zgarishsiz o'tib kelyapti.l. Mavji yak ro'z -bir yoqlama to'lqin. Bu eng oddiy va eng qadimiy gullardan biri. U Buxoro zardo'zligining bizga ma'lum barcha buyumlarida uchraydi. Bunda chatilgan xalqachalar bir-biriga ko'ndalang, yonma-yon chiziqlar shaklida joylashgan (VII-l-rasm). Tushama ustidan ingichka o'rilgan 4-5 qavat zar ip sijiy qo'yilib, zardo'z juni ipak yoki paxta ip yordamida har to'rt baxyaga bir yo'l qilib chatib chiqqan. Tikuvchi xalqalarni zinapoyacha shaklida joylashtirishga alohida e'tibor bergan. Natijada buyumning yuzasini bir-biriga ko'ndalang qator yo'llar qoplab olgan. Qirg'oqlarida esa turli uzunlikdagi ensiz yo'l-milk hosil bo'lgan.
2. Mavji du ro'ya -ikki yoqlama to'lqin yoki mavji pushti mohiy-baliq tangachalari. Bu bir-biriga yonma-yon chiziqlar shaklidagi kashta bo'lib, ilgaklarining soniga ko'ra yo ko'proq, yo ozroq darajadagi siniq yo'llarga ega. (VII-2-4-rasm).
3. Mavji ocha-bocha -ona-bola to'lqin. Bu kashtani tikishda navbatma-navbat qilib to'shamaning ikkita yoki to'rtta baxyasi bitta qilib olinadi. Natijada tikilgan yuzada goh qator tor-tor, yassi va qoramtir, goh keng-keng, do'ppaygan va yarqiroq yo'llar hosil bo'ladi. Bu usul ikki xil yo'l bilan tikiladi; Yak ro'ya (bir yoqlama) (VII-5-7 rasm) va du ro'ya (ikki yoqlama) 4. Mavji chashmi bulbul (bulbul ko'zi to'lqin)da chatish ilgaklari kichkina-kichkina to'rtburchak yoki rombchalar hosil qiladi (VII-9-l2 rasm). Mavji yak ro'ya bilan chashmi bulbul zardo'zlikda eng ko'p qo'llaniladigan gullardan hisoblanadi. Hamma tikilgan buyumlarda uchraydi. Chashmi bulbul aslida du ro'ya uslubidagi kashtachilikka kiradi. Chashmi bulbulni mavji yak ro'ya va mavji du ro'ya bilan chog'ishtirib tikkan zardo'z o'ngga yaqin turli variantlar hosil qilgan.
5. Shash xol ( olti hol). Bir yoki ikki qator to'lqin katakchasi orasiga joylashtirilgan gul. Bu gulning ikkita varianti mavjud bo'lgan; olti baxyalik va sakkiz baxyalik. Shash xol usuli ko'pincha chashmi bulbul kashtasi bilan chog'ishtirib tikilgan. (VIII-l2).
6. Xishti haram (muqaddas g’isht). Buxoro zardo’zlari mazkur iborani arabcha haram (muqaddas) manosida ekanini aytadilar. Bu kashta boshqa kashtalarga qaraganda juda ham chiroyli ekanini ham e’tirof qiladilar. Xishti haram kashtasini zardo’zlar bu hildagi kashtalar sirasiga kiruvchi jo’ngina xisht deb ataluvchi kashtasi bilan aslo aralashtirmaganlar. Bular qatorlari ko’ndalang yo’nalishdagi bir-biriga mindirib tikilgan to’rtburchaklardan iborat bo’lgan
Takrorlash uchun savollar:
l. Zardo'zlikda qanday gazlamalar ishlatiladi?
2. Zardo'z tikishning necha xil turlari bor?
3. Zamindo'ziy va guldo'ziyning farqi nimada?
4. Mavj nima va uning turlari qanday qilib tikilgan?

Ko’rildi:___________MMIBDO”;______________


Sana_________

Yüklə 14,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin