Texnologiya fanidan



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#177815
1   2   3   4   5   6   7   8
TEXNALOGIYA O\'G\'IL BOLALAR UCHUN PAST O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR

Yangi mavzu bayoni:

Yog‘ochning kimyoviy xossalari. Yog‘och, asosan, organik moddalardan tashkil topgan bo‘lib, turli yog‘och navlarining kimyoviy tarkibi deyarli bir xil bo‘ladi. Quruq yog‘ochning o‘rtacha 49 foizi – uglerod, 44 foizi – kislorod, 6 foizi – vodorod, 0,1– 0,3 foizi azotdan iborat. Yog‘och yondirilganda undan asosan kul qoladi. Kulning tarkibiga kalsiy, kaliy, natriy, magniy va boshqa kimyoviy elementlar kiradi. Ushbu elementlar selluloza, lignin kabi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi.
Bundan tashqari, yog‘och tarkibida ozroq miqdorda smola, pektin, yog‘lar va boshqa moddalar bo‘lishi mumkin.

Yog‘ochning texnologik xossalari. Yog‘ochga qurilish material sifatida qaraladi. Uning eng asosiy xususiyatlari metall mixlarni tutib turish, yeyilish, egilish va yorilishga chidamlilik darajasi hisoblanadi. Misol tariqasida yog‘ochning metall mix va birikmalarni tutib turish xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Yog‘ochning boyiga nisbatan ko‘ndalang qoqilgan mixni chiqarib olish uchun uzunasi bo‘ylab qoqilgan mixni tortib olishdan ko‘ra 1,5 baravar ko‘proq kuch sarflanadi. Burama mixni
yog‘ochdan chiqarib olish uchun esa oddiy mixni tortib olishdan ko‘ra anchagina ko‘proq kuch talab qilinadi. Chunki bunda ishqalanishni yengish va burama mix rezbasi joylashgan yog‘och tolalarini uzishda ancha kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Biroq bolg‘a bilan qoqib qo‘yilgan burama mix birikmani oddiy mixdan ko‘ra kamroq ushlaydi. Shu sababli, biriktirishda burama mixni to‘g‘ri ishlatish, ya’ni uni albatta yog‘ochga burab kiritish lozim. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi yoki buzilmaslik qobiliyati, uning mexanik xossasi deyiladi.
Yog‘ochning tashqi kuch ta’sirida o‘zgargan shaklini qayta tiklash qobiliyatiga yog‘ochning elastikligi deyiladi. Yog‘ochning elastikligi ularning namligiga, hajmiy og‘irligiga, o‘zak xalqalarining o‘lchami va soniga, daraxtning yoshiga bog‘liq. Yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u
shuncha elastik bo‘ladi. Elastik yog‘ochlar zarbni yutadi va yumshatadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin