Texnologiya fanidan


Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi materiallar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#177815
1   2   3   4   5   6   7   8
TEXNALOGIYA O\'G\'IL BOLALAR UCHUN PAST O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR

Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi materiallar.
Suv, tuproq, havo va boshqa muhitlardagi zararli mikroorganizmlar yog‘ochning sirti yoki oraliq to‘qimalariga tushsa, yog‘och chiriy boshlaydi. Buning oldini olish uchun yog‘ochni quruq holda saqlash, unga ayrim kimyoviy moddalar shimdirish orqali chidamliligini oshirish yoki yog‘och sirtini aliflash, loklash hamda turli bo‘yoqlar bilan bo‘yash kabi usullar qo‘llaniladi. Yog‘och ishqalanishga chidamli emas. Shuning uchun turli asbobuskunalarning ishqalangan qismlari boshqa materiallardan tayyorlanadi. Yog‘ochning qattiqligi unga boshqa qattiq jismning botishiga qarshilik ko‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy mix qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akatsiya kabi qattiq yog‘ochlarga emas balki tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga qoqiladi. Yog‘ochning barcha turlari yaxshi yonadigan material hisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlarni yong‘indan saqlash lozim. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi xavfsizlik choralarini muntazam bajarib borish shart.









  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:
1. Yog‘ochning sifatini kanday usullar bilan aniqlanadi?
2. Yog‘och olinadigan daraxtni kuzatishda nimalarga e’tibor berish kerak?
3. Yog‘ochning kattiqligini qanday sinab ko‘riladi?
4. Yog‘ochning rangi va guldorligi qanday aniqlanadi?
5. Yog‘ochning zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun nimalar qilinadi?
Amaliy mustaqil ishlar:
Jihozlar: Daraxtdan olingan yog‘och bo‘laklari, yog‘och namunalar.
Ish bajarish tartibi:
1. O‘zingiz tanlagan biror daraxtning turli qismlaridan olish mumkinligini belgilang.
2. Ayrim imoratlardagi yog‘ochlarning qanday sharoit tufayli uzoq yillar xizmat qilayotganini aniqlang.
Mashg’ulotni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

  1. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin