«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


-Mavzu; “Oq qush “modulli origamisini qurish-yasash. Ertak qahramonlarining modulli origamisi. Modulli origami gullar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə10/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

3-Mavzu; “Oq qush “modulli origamisini qurish-yasash. Ertak qahramonlarining modulli origamisi. Modulli origami gullar.


Mashg‘ulotning maqsadi: Rangli qog‘oz bilan ishlashga o‘rgatish, “oqqush” modulli origamisini qurish - yasashga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Rangli qog‘ozlar, qaychi, yelim, oqqog‘oz va qalam, avvaldan tayyorlangan ko‘rgazmali qurol (naqsh applikatsiya), kitoblar.
Mashg‘ulotda foydalanadigan usul: Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi. Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.

  1. Tashkiliy qism:

3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv xonasining sanitariya-gigienik holati, talabalarning mashg‘ulotga tayyorgarligi, davomat, o‘tilgan mavzuni aniqlash, diqqatni jamlash.

  1. Mashg‘ulotning rejasi:

1. “Oqqush” modulli origamisini qurish.
2.Oqqush yasash.
3. Naqsh ishlashga o‘rgatish.
III. Mashg‘lotning borishi:
Naqqoshlik o‘zbek halq amali san`ati turlaridan bo‘lib, uzoq tarihga egadir. Naqsh elementlarini tabiatdan: o‘simliklardan, gullardan, bandlardan, barglar, hashoratlar, mevalardan olingan bo‘lib, ularni stillashtirilgan ya`ni naqsh elementlariga o‘girilgan. Naqsh elementlaridan nafaqat naqqoshlikni o‘zida, balki boshqa ko‘plab amaliy san`at turlarida ham foydalaniladi. Masalan: ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, zardo‘zlik, kulolchilik kabi amaliy san`at tularida keng foydalaniladi.
Boshlang‘ich sinf texnologiya dars jarayonida ham naqqoshlikning eng sodda turlari bilan tanishtirib boriladi va o‘zlari rangli qog‘ozlardan, gazlama qoldiqlaridan, somonlardan urug‘lardan naqsh aplikatsiyalarini tayyorlaydilar.
Darsda talabalar rangli qog‘ozlardan naqsh elementlari asosida kampozitsiyalar tuzadilar. Karton qog‘ozlarga rangli qog‘ozlardan foydalanib kampozitsiya ishlaydilar va bu ishlardan kelgusida ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanadilar.
Ushbu darsni musobaqa va tanlov tarzida olib boriladi va baholanadi. Dars so‘ngida barcha ishlar yoziladi va eng yahshi ishlangan 3 ta ish tanlab olinadi. Darsda naqshning yo‘l naqshi, Aylana naqsh, to‘rtburchak ichiga va uchburchak ichiga naqsh turlari asosida ishlanadi. Buni talaba o‘zi tanlaydi.
Avval naqsh elementlarini qora qalamda chizib oladilar, so‘ngra qirqib olib yelimlaydi.

  1. A4 formatdagi rangli qog‘ozni teng 8 ta bo‘lakga bo‘lib olinadi. 37x53 mm o‘lchamdagi qog‘oz bo‘laklari hosil bo‘ladi.

  2. 37x53 mm o‘lchamdagi qog‘oz bo‘lagini teng ikkiga buklanadi.

  3. Qog‘ozni o‘rtasidan pastga qaratib uchburchak shaklda buklana di.

  4. Hosil bo‘lgan shaklning ortiqcha pastki qismini ichki tomonigaburchak qilib buklanadi.

  5. Burchak qilib buklangan qismni yuqoriga buklanadi.

  6. Hosil bo‘lgan shakl teng ikkiga buklanadi.



  1. Hosil bo‘lgan uchburchaklarni ikkitasini bitta uchburchak orasigajoylashtiriladi.

  2. Bu ishni ketma-ket bajarib doiralar hosil qilanadi. Har bir doirada 30 tadan burchak bo‘lish kerak.


Amaliy mashg‘ulotlar

  1. Oqqush shaklni pastki qismini hosil qilish uchun qizil rangli qog‘ozdan 5 qator burchak terib chiqiladi.

  2. qqushning keyingi bosqichlarini ikki qator sariq rangli qog‘ozdan terib chiqiladi.

  3. Oq qushning qanotlarini yashil rangli qog‘ozdan ikki qator, ko‘k rangli qog‘ozdan ikki qator, pushti rangli qog‘ozdan bir qator burchaklar terib chiqiladi.



  1. Oqqushning bo‘yin qismini turli rangdagi qog‘ozlardan tayyorlangan burchaklardan terib chiqiladi.

  2. Oqqushga bezak berish uchun ko‘z va lentadan bo‘yinbog‘ tayyorlanib taqiladi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin