102
5. o‘qituvchining ruxsati bilan elektr zanjirni 36
V
kuchlanishli o‘zga-
ruvchan tok manbayiga ulanadi va lampani yoqib tekshirib ko‘riladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Maishiy yoritqichlarning qanday turlarini bilasiz? Ularni ayting va ta’riflang.
2. Maishiy yoritqichlarni inson salomatligi uchun qanday ta’siri, ahamiyati bor?
3. Bir lampali stol yoritqichining tuzilishini ayting.
4. Bir lampali stol yoritqichining prinsipial elektr sxemasini tuzing va tushuntiring.
Elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va taqsimlash.
Elektr energiyasidan tejamli foydalanish qoidalari. Sarflangan elektr
energiyasini hisob lash usullari va asboblari
barcha elektr stansiyalari o‘zgaruvchan
tok ishlab chiqaradi va u
o‘zgarmas tokka nisbatan muhim afzalliklarga ega. Masalan, uni kuchay
-
tiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar yordamida uzoq masofalarga
uzatish mumkin. Maishiy turmushda qo‘llaniladigan elektr asboblariga,
avvalo, ularning ishonchliligi, uzoq vaqt
foydalanish uchun yaroqliligi,
tejamkorligi hamda dizayni kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra baho beriladi.
Tanlangan elektr jihozi o‘rnatiladigan joyni oldindan mo‘ljallash, zarur
bo‘lganda uning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.
maishiy elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulashda amal qilinadigan
asosiy qoida bu qisqa tutashuvga yo‘l qo‘ymaslikdir. qisqa tutashish – elektr
zanjiri o‘tkazgichlarida zararli elektr kontakti hosil bo‘lishidir. o‘zga-
ruvchan tok tarmog‘i fazalar orasida (2 va 3 fazali) yoki fazalarning yer
bilan tutashuvi (bir fazali) natijasida qisqa tutashuv sodir bo‘lishi mumkin.
qisqa tutashuv o‘zgarmas tok tarmog‘ida qutblar
orasida yoki qutb bilan yer
orasida sodir bo‘ladi. qisqa tutashuv elektr asboblari qismlarining yaxshi
izolatsiyalanmaganligi va odatda, zanjirda tok kuchining ancha ortib ketishi
natijasida vujudga keladi. bu elektr jihozlarining buzilishiga olib keladi.
Qisqa tutashuvning xavfli oqibatlarini bartaraf qilish uchun rele yordamida
himoyalash yoki oson eruvchan saqlagichlar qo‘llaniladi, bular zan
jirning
qisqa tutashuv qismini tezda uzilishini ta’minlaydi.
103
Ko‘pchilik holatlarda qisqa tutashuv elektr asbobini tarmoqqa ulangani
-
da sodir bo‘ladi. bu holat nosozlik sababini o‘sha asbobdan qidirish lozim-
ligini anglatadi. Qisqa tutashuv paytida elektr o‘tkazgichlar ishdan chiqishi
va hatto yong‘in kelib chiqishi mumkin.
Agar qisqa tutashuv oqibatida elektr o‘tkazgichida yong‘in yuzaga kelsa,
zudlik bilan elektr tokini uzish kerak bo‘ladi. Agar buni imkoni bo‘lmasa,
elektr o‘tkazgich simlarni har qanday yo‘l (misol uchun bolta, bolg‘a) bilan
uzish va shundan keyingina olovni o‘chirishga kirishish lozim bo‘ladi. bu
kabi vaziyatlarning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
•
ko‘p quvvat sarflovchi elektr asboblarini bir vaqtning o‘zida,
hatto
turli rozetkalar orqali ham tarmoqqa ulamaslik;
•
rozetkalarda imkon darajasida troyniklardan foydalanmaslik;
•
elektr isitish asboblaridan foydalanilganda, rozetka va vilkaning ho
-
lati, ularning qizib ketmaganligini tekshirib turing. Vilka qanchalik qizib
ketgan bo‘lsa, tarmoq holati shunchalik yaxshi emasligi to‘g‘risida xulosa
chiqariladi;
•
hech qachon aluminiy va mis simlarni birgalikda ulamaslik kerak.
elektr asboblari nosozligini tashqi belgilariga ko‘ra
ham aniqlash
mumkin. Masalan, ventilator dvigateli g‘altagi qizib ketishi, elektr pli
-
tasi komforkasi yetarlicha qizimasligi, changyutkich
dvigateli kollektor
cho‘tkalari yeyilishi, kir yuvish mashinasi ichidagi rezina trubalaridagi
yoriqlar, podshipniklar moylangan qismlarida chiqitlarning to‘planib qoli
-
shi kabilar. Shu kabi kamchilik va nosozliklar vaqtida aniqlansa, ba’zi ho
-
latlarda, hatto ta’mirlash ustaxonalarida ham sozlab bo‘lmaydigan buzilish
-
larning oldi olinadi. Buning uchun profilaktika tariqasida bu kabi nuqson
-
larni aniqlab borish, bitta detalni sozlash uchun korpus ochilganida qolgan
qismlarni ham ko‘zdan kechirish lozim bo‘ladi.
Profilaktika tadbirlari elektr asboblari ishlash muddatini uzaytirilishini
ta’minlaydi.
Shuningdek, asboblarni asrab-avaylab ishlatish: yuklanishni
kamaytirish, uzluksiz ishlash vaqtini qisqartirish, alohida holatlarda ishlash
kuchlanishini pasaytirish kabi tadbirlar ham elektr energiyasini tejash, ham
asbobning ish muddatini uzaytirilishiga olib keladi.
104
Maktabni muvaffaqiyatli tugallaganingizdan so‘ng kasb-hunar kollejlarida xizmat
ko‘rsatish sohalariga oid quyidagi kasblarni egallashingiz mumkin:
• Elektr jihozlari va tarmoqlari montajchisi.
• Elektr stansiyalari, jihozlari va elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish
elektr
montyo ri.
• Elektr stansiyalari, jihozlari va elektr tarmoqlarini ishlatish elektr chilangari.
• Rele himoyasi va elektr o‘lchov asboblari elektr montyori.
• Elektr iste’moli nazoratchisi.
• Avtomatika vositalari va nazorat-o‘lchov asboblari montajchisi.
• Avtomatika vositalari va nazorat-o‘lchov asboblarini ta’mirlash elektr chilangari.
• Avtomatika vositalari va nazorat-o‘lchov asboblarini sozlash, ishlatish va ta’mirlash
texnigi.
Dostları ilə paylaş: