Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
1-BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Yog‘ochning fizikaviy xossalari
materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarki-
bini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi. 
Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshi
-
lishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruv-
chanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush 
o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat.
Yog‘och rangi. 
yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini 
aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri uning rangi hisoblanadi. 
Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Qayin,
tol, arg‘uvon, terak, archadan olinadigan yog‘ochlar oqish rangli bo‘lib, 
nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol – jigarrang; qoraqayin, akatsiya – oq 
qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och qoramtir bo‘ladi. 
Yog‘ochning tovlanishi. 
Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘na-
lishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi. yog‘och tovlanishini sun’iy 
ravish da orttirish uchun loklash va mumlash ishlari bajariladi. 
Yog‘ochning tabiiy guli 
(teksturasi). randalash vaqtida yog‘och to-
lalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning 
tabiiy guli namoyon bo‘ladi. 
Yog‘ochning hidi. 
Yog‘och undagi smolalari, efir moylari, oshlash 
kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq holda 
har xil hidli bo‘ladi. yangi kesilgan yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir hidli 
bo‘ladi. y
og‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib 
ketadi. hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzilishiga ham bog‘liq.


5

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin