Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


 ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

1.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Yog‘ochlarni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish
va saqlash qoidalari
yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun
yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. buning uchun 
maxsus asboblardan foydalaniladi. o‘lchash deb yog‘och materialining 
o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar,
metr, o‘ramametr, go‘niyalar, xatkash, sirkul, shtangensirkul va o‘lchov 
andazalari kiradi.
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan 
bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda, millimetrlarga bo‘lingan 
holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri 
chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini 
tekshirish uchun ishlatiladi. 
buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun buklana-
digan qilib yasaladi.
o‘ramametrlar bir necha metr uzunlikdagi metall va boshqa materialdan 
foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bo‘lingan tasmadan iborat. Ular 
bir necha metrgacha bo‘lgan uzunliklarni aniq o‘lchash uchun ishlatiladi. 


12
Go‘niyalar yog‘och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi. 
Ular to‘g‘ri burchaklarni o‘lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko‘rish 
uchun ishlatiladi (7-rasm). boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan 
go‘niyalar ham mavjud.
a) chizg‘ich b) o‘ramametr d) go‘niya
e) xatkash f) shtangensirkul g) sirkul
7-rasm

o‘lchash va rejalash asboblari.
O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. 
O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kat
-
talikda tayyorlangan reyka, tayoqchalardan iborat. Shu maqsadda tayyor 
buyum namunasidan ham foydalanish mumkin.
rejalash deb tayyorlanadigan buyumning kerakli o‘lchamlardagi shakl-
larini yog‘och materiallariga chizishga aytiladi. rejalash uchun yuqorida 
aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, turli xil rejalash 
andazalaridan foydalaniladi. 
Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan holda unga parallel 
chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama. U kunda, uning teshiklariga 
o‘rnatiladigan reykalar, o‘ziga o‘rnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki 
qalamlardan iborat bo‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mum
-
kin. 
Sirkul turli aylanalar, aylana yoylari chizish hamda uzunliklarni 


13
o‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlan
-
gan, umumiy o‘qqa o‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar 
oyoqlaridan birinchi uchiga igna, ikkinchisining uchiga qalam o‘rnatiladi. 
O‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna o‘rnatiladi.
o‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq 
qalamlardan foydalaniladi.
Rejalash andazalari karton, qog‘oz, faner, metall, plastmassa, yog‘och 
kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar, 
aylana yoylari, ko‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar andazalaridan iborat 
bo‘ladi. Ular kerakli shaklni ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qo‘yib 
chizib olish ishlarini bajarish uchun qo‘llaniladi. ba’zan tayyor buyum na-
munasidan ham foydalanish mumkin.
Rejalash tayyor buyumning o‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chiz
-
masiga qarab bajarilishi mumkin. 
Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detali 
qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi 
o‘lchamlar yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida 
ko‘chirib chiziladi.
bunda ayrim detalning o‘zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham 
mumkin. 
Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko‘rsatiladigan 
o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och mate
-
rialiga chiziladi.
Yog‘ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda 
saqlash kerak. maxsus jomadonlar yoki sumkalarda tartibli saqlash ushbu 
asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin