12
Go‘niyalar yog‘och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi.
Ular to‘g‘ri burchaklarni o‘lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko‘rish
uchun ishlatiladi (
7-rasm). boshqa burchaklar
uchun moslashtirilgan
go‘niyalar ham mavjud.
a) chizg‘ich b) o‘ramametr d) go‘niya
e) xatkash f) shtangensirkul g) sirkul
7-rasm
.
o‘lchash va rejalash asboblari.
O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi.
O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kat
-
talikda tayyorlangan reyka, tayoqchalardan iborat. Shu maqsadda tayyor
buyum namunasidan ham foydalanish mumkin.
rejalash deb tayyorlanadigan buyumning kerakli o‘lchamlardagi shakl-
larini yog‘och materiallariga chizishga aytiladi. rejalash uchun
yuqorida
aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, turli xil rejalash
andazalaridan foydalaniladi.
Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan holda unga parallel
chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama. U kunda, uning teshiklariga
o‘rnatiladigan reykalar, o‘ziga o‘rnatiladigan
bir yoki bir necha mix yoki
qalamlardan iborat bo‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mum
-
kin.
Sirkul turli aylanalar, aylana yoylari chizish hamda uzunliklarni
13
o‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlan
-
gan, umumiy o‘qqa o‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar
oyoqlaridan birinchi uchiga igna, ikkinchisining uchiga qalam o‘rnatiladi.
O‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna o‘rnatiladi.
o‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq
qalamlardan foydalaniladi.
Rejalash
andazalari karton, qog‘oz, faner, metall, plastmassa, yog‘och
kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar,
aylana yoylari, ko‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar
andazalaridan iborat
bo‘ladi. Ular kerakli shaklni ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qo‘yib
chizib olish ishlarini bajarish uchun qo‘llaniladi. ba’zan tayyor buyum na-
munasidan ham foydalanish mumkin.
Rejalash tayyor buyumning o‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chiz
-
masiga qarab bajarilishi mumkin.
Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detali
qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi
o‘lchamlar yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida
ko‘chirib chiziladi.
bunda ayrim detalning o‘zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham
mumkin.
Buyumning
texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko‘rsatiladigan
o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och mate
-
rialiga chiziladi.
Yog‘ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda
saqlash kerak. maxsus jomadonlar yoki sumkalarda
tartibli saqlash ushbu
asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: