Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Elektr qo‘l parmalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Elektr qo‘l parmalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari. 
Mashina asosiy dasta bilan yaxlit qilib yasalgan, plastmassa korpusdan ichiga 
uzgich yoqilgan holatdagi fiksator va radio to‘siqlarni so‘ndirgich qurilma
-
si o‘rnatilgan plastmassa korpus, qo‘sh izolatsiya bo‘lgan kollektorli elektr
dvigatel, ventilator, shpindel, aylanishlar tezligini uzib-ulagichi bo‘lgan ikki 
bosqichli, ikki tezlikli reduktor, qo‘shimcha dasta, parmalash patroni va shtep
-
sel vilkasi bo‘lgan tok o‘tkazish kabelidan tashkil topgan (10-rasm).
Mashina korpusida elektr va mexanik detallar orasiga izolatsiyalovchi 
to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular mashinadan foydalanishda elektr xavfsiz-
ligini ta’minlaydi. 
Ikki pog‘onali, ikki tezlikli reduktor uch juft tishli g‘ildirakdan tashkil 
topgan bo‘lib, ulardan ikkitasi shpindelga o‘rnatiladi, ular shpindel o‘qi 
bo‘ylab harakatlanib, shpindel aylanishlar chastotasini o‘zgartirishi mum
-
kin. Reduktor g‘ildiraklarining o‘q bo‘ylab harakatlanishi almashtirilib,
ulagichni 180º
ga burish bilan amalga oshiriladi. 
Uchlik va qo‘shimcha dastani mahkamlash uchun reduktor korpusida 
o‘tkazish belbog‘i mavjud. Shpindelning tashqi tomoni konus ko‘rinishida 
10-rasm. 
Elektr qo‘l parmasining
tuzilishi:
1 – elektr kabel
2 – tezlik rostlagich;
3 – plastmassa korpus; 
4 – cho‘t ka; 
5 – ushlagich
6 – elektr dvigatel; 
7 – reduktor
8 – shpindel; 
9 – patron. 


17
bo‘lib, uchlik shpindelga aylanma harakatini uzatish uchun kesim yuzasi 
kvadrat bo‘lgan qismga ega. 
Elektr qo‘l parmasi dvigatel ulab-uzgichning tugmasini bosish bilan ishga 
t
ushiriladi. Buruvchi moment dvigatel va reduktor orqali mashinaning shpin
-
deliga uzatiladi, shpindel esa unga o‘rnatilgan patron yoki uchlik bilan birga 
aylana boshlaydi va parma yoki boshqa ish jihozini harakatga keltiradi. 
Uzib-ulagichning ulangan holati fiksatorning tugmasini bosish orqali 
saqlab turiladi. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin