Amaliy mashg`ulot -3
Mavzu: Boyitish fabrikalarida mexanik shamollatish
Gazlarni changdan va suyuqlik zarrachalaridan tozalash
Havo va gazlarni maxsus uskunalar yordamida har xil usul bilan chang, suyuqlik zarrachalari va aralashmalaridan tozalanadi. Tozalash usulini qo`llash muallaq holatdagi zarrachalar kattaligiga, tozalash darajasiga bog‘liq. Masalan, kattaligi 15—20 mk bo`lgan zarrachalarni dastlabki tozalashda mexanik chang ushlagich uskunalar qo`llanadi. Ya’ni changni cho`ktiradigan kameralar, inersion chang ushlagichlar, siklon va multisiklonlarda gaz, havoni changdan tozalash tashqi mexanik kuch hisobiga amalga oshadi.
Gaz, havoni mexanik tozalashda quruq, ho`l tozalash va filtratsiya usuli qo`llanadi. Kimyo sanoatida ko`proq, gazlarni mexanik quruq tozalash usuli va qurilmalari ishlatiladi.
Gazlarni ho`llash usuli bilan tozalashda muallaq zarrachalar suyuqlik yordamida yuvish bilan ajratiladi. Zarrachalar ho`llanib, og‘irlashtiriladi va ushlab olinadi, so`ngra shlam ko`rinishida yo`qotiladi. Buning uchun ho`llash kameralari, sug‘orish qurilmalari, kaskad va nasadkali skrubberlar, mexanik skrubberlar, ko`pikli uskunalar, markazdan kochma usuli nam ushlagichlar ishlatiladi.
Gazlarni changdan ho`llash usuli bilan tozalash uskunalarining tuzilishi sodda va foydali koeffitsiyenti yuqori bo`lganligi uchun sanoatda keng ishlatilmoqda. Kattaligi 0,5 mk bo`lgan qattiq yoki suyuq, zarrachalarni gazdan mutlaq ajratishda filtrlar ishlatiladi.
Gazni kattaligi 0,01 mk bo`lgan qattiq yoki suyuq zarrachalardan tozalashda elektrofiltr usuli qo`llanadi. Bu usul ancha havfli hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday havfli uskunalardan foydalanishda kuyish yoki zaharlanish hodisasi sodir bo`lmasligini ta’minlash maqsadida maxsus o`qitilgan, komissiya ko`rigidan o`tgan, imtihon topshirib elektr qurilmalarda ishlash uchun ruxsat olgan ishchilargagina ishlashga yo`l qo`yiladi.
Ishlab chiqarish muhitidagi zaharli moddalar
Mehnat muxofazasi qonunlariga asosan har bir ishlab chiqarish binolarida havo tarkibidagi zararli moddalar miqdori muntazam ravishda tekshirib turilishi kerak.
Zararli moddaning havodagi miqdori laboratoriya usuli bilan aniqlanadi. Havo tarkibini tekshirishda fotokalorimetriya, gazoxromatografiya, spektroskopiya, elektrokimyo usullaridan ham keng foydalaniladi.
Tezkor sinama olish uchun uchta variantdan biri qo`llanilishi mumkin:
1. Suyuqlikni idishdan to`kish usuli, to`kilgan suyuqlik o`rniga sinama havo to`ladi va idish tiqin bilan berkitilib tekshirishga jo`natiladi.
2. Havo almashtirish usuli, bu usulda sinama olinishi kerak bo`lgan idish orqali ko`p marta sex havosi o`tkaziladi va tiqin bilan berkitib tekshirish uchun junatiladi.
3. Oldindan vakuum hosil qilingan idish to`ldiriladi. Idish ochilishi natijasida sexdagi havo bilan to`ladi va tiqin bilan berkitilib tekshirishga jo`natiladi.
Havo tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini kimyoviy gaz o`lchagichlar GX-1,2,3,4 va universal gaz aniqlovchi asboblar U G-1,2,3,4,5,6 yordamida aniqlash mumkin. Bunda har bir zaxarli modda uchun oldindan tayyorlangan, shisha naychaga to`ldirilgan adsorbent modda zaharli gazni yutishi natijasida o`z rangini o`zgartiradi. Korxonga binolarida havo tarkibidagi moddalarni aniqlash uchun FKG-ZM, SIRENA, Atmosfera-11 M, Atmosfera-11M1, Gamma-M, GIP 10MB-ZA, IFAN-3, GIAM-1M, GMK-3, Palladiy-M, Platon-3, EXA-221, Mindal, Nitron kabi turli xildagi gaz o`lchagichlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, korxona binolarida havo tarkibidagi moddalar miqdorini to`xtovsiz hisobga olib turishda va xavfli vaziyat vujudga kelganda ogohlantirish yoki belgi berish maqsadida avtomatik ishlaydigan gaz o`lchagichlar o`rnatilishi mumkin. Ogohlantirish yoki belgi berish yo`l qo`ysa bo`ladigan konsentratsiyadan (mg/m3) oshganda sodir bo`ladi.
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdori asosan og`irlik tortish usuli bilam aniqlanadi. Bu usul changlangan havodagi chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali surilishiga asoslangan. Havo sinamasi olingunga qadar va olingandan keyin filtr og`irligini, shuningdek so`rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo`lgan chang miqdorini aniqlash mumkin. Havo tarkibidagi chang miqdori quyidagi tenglama orqali topiladi:
S=((q2-q1)/V0*τ)*103 mg/m3
Bunda: q1 — toza filtrning og`irligi, mg;
q2 — changlangan filtrning og`irligi, mg; Vo — normal sharoitga keltirilgan havo hajmi, l; x — sinama vaqti, minut.
Normal sharoitga keltirilgan havoning hajmi quyidagi formula orqali izohlanadi;
V0 = Vt*273/273+t, l
V t — filtrdan o`tayotgan havoning hajmi, l;
t — sinama olish vaqtidagi havoning harorati, °S;
273 — mutlaq harorat, K.0.
Sun’iy havo almashtirish sistemasining hisobi almashtirishi talab qilinuvchi havo miqdoriga bog’liqdir. Me`yoriy hujjatlar talabiga asosan har bir ishchi uchun talab qilinuvchi havo miqdori, bir ishchiga to’g’ri keluvchi hajmga va tabiiy shamollatish bor yoki yo’qligiga bog’liqdir. Bu miqdor 20-60 m3/soat bo’lib, tabiiy shamollatish bo’lganda bir ishchi kishiga to’g’ri keluvchi bino hajmi 20 m3 dan ko’p bo’lganda 20 m3/soat kam bo’lmasligi kerak. Tabiiy shamolatish imkoniyati bo’lmaganda bir kishiga uzatiladigan havo miqdori 60 m3/soat dan kam bo’lmasligi kerak.
Hisobiy havo miqdori shunday bo’lishi talab qilinadiki, havodagi zararli ishlab chiqarish chiqindilari (gazlar, bug’lar, chang, issiqlik, namlik va hokazolar) havoda zararsiz miqdorda bo’lishi kerak.
Havoda zararli gazlar, bug’lar yoki chang bo’lganda almashtirishga talab qilinuvchi havo miqdori (m3/soat) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda, Li.z - ishchi zonadan mahalliy otsos orqali olib chiqib ketiladigan havo miqdori m3/soat, bu havo umumiy shamollatish yoki texnologik talablarga mo’jallangan;
M - xona havosidagi zararli moddalar miqdori, mg/soat;
Si.z - ishchi zona havosidagi zararli moddalar konsentrasiyasi, mg/m3;
Sx.2 - xonadan chiqib keluvchi havodagi zararli moddalar konsentrasiyasi, mg/m3;
Sx.u- xonaga uzatiluvchi havodagi zararli moddalar konsentrasiyasi mg/m3 ;
Xonaga uzatiluvchi havoni zararli moddalar konsentrasiyasi SN 245-71 ga asosan belgilangan meyoriy ruxsat etilgan konsentrasiya (m.r.e.k.) (predelno dopustimaya konsentrasiya, PDK) ni 30% ko’p bo’lmasligi kerak, ya’ni Sxu<0,3 PDK (m.r.e.k).
Xonada ziyoda issiqlik miqdori bo’lgan holda talab qilinuvchi havo miqdori quyidagicha aniqlanali.
bu yerda, A = 3,6; V = 1,2 kDj/m3×°S
Q - bir birlik vaqtda xonada ajralib chiquvchi issiqlik miqdori
ti.z - ishchi xonadan oluvchi havoning harorati °S;
tx.2 - xonadan tashqariga chiqariluvchi havoning harorati, °S;
tx.u - xonaga uzatiluvchi havoning harorati, °S;
Xonada katta ziyoda namlik bo’lgan holda almashtirilishga talab qilinuvchi havo miqdori quyidagi formula orqali topiladi:
bu yerda,
W - xonada ziyoda namlik miqdori, G/soat;
ti.z - ishchi zonadan chiqariluvchi nam havo G/kg;
tx.2 - xonadan chiqariluvchi havo namligi, G/kg;
tx.u - xonaga uzatiluvchi havo namligi, G/kg;
Xonada nam issiqlik va namlik ajralgan holda almashtirishga talab qilinuvchi havo miqdori - nam havo diagrammasi orqali topiladi.
Meyoriy talablarda ko’rsatilgan ayrim hollar uchun talab qilinuvchi havo miqdori - havo almashish karraligi orqali topiladi.
Bir soatda almashtirishga talab qilinuvchi havo miqdori - karraligi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi.
bu yerda, L - almashtirish talab qilingan havo miqdori, m3/soat;
V - xonaning hajmi m3.
Masala: Temirbeton buyumlari kombinatida qoliplovchi sehda almashtirilish kerak bo’lgan havo miqdori va uning karralik qiymati aniqlansin? Sexning uzunligi 120 metr, eni 24 metr, balandligi 9 m. Sex ichida 140 g/soat miqdorda chang ajralib chiqariladi, bu holdagi meyoriy ruxsat etilgan konsentrasiya (m.r.e.k.) - 4 mg/m3, ishchi zalidagi konsentrasiya qiymati Si.z - 3,0 mg/m3, binoga keluvchi havoda Sx.u. - 0,1 mg/m3, xonadan chiqarilib ketuvchi havodagi chang konsentrasiyasi Sx.g.= Si.z, ya’ni havodagi chang binoda teng tarqalgan. Mahalliy tortqilar bilan ishchi zonadan chiqarilib ketiluvchi havo miqdori 1600 m3/soat dir.
Dostları ilə paylaş: |