Yechimi: Sex hajmini hisoblab topamiz.
V = 120 × 24 × 9 = 25920 m3 Almashtirilishi talab qilinuvchi havo miqdori
48276 m3/soat
Havo almashtirish karraligini aniqlaymiz.
= 1,9
Ya’ni bir soatda sexdan havo 1,9 marotaba almashadi.
Ishchilariga sanitar-maishiy xizmatni ta’minlash Qurilish maydonidagi ishchilarga kompleks sanitar – texnikaviy tadbirlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- maishiy xonalar bilan ta’minlash;
- sanitar-gigiyenik xonalar bilan ta’minlash;
- shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
Sanitar-gigiyenik xonalar bajarish vazifasiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
- umumiy;
- maxsus;
Umumiy xonalarga - umivalniklar, xojatxonalar, suv ichish fontanchalari va boshqalar kirib bu xonalar ish sharoitiga bog’liq emas.
Maxsus xonalarga - dush xonalari, isitish xonalari, shaxsiy gigiyena xonalari, ovqatlanish xonalari kirib, bu xonalar ishlab chiqarish turiga va iqlimga bog’liqdir.
Maishiy xizmat xonalarining tarkibi, turi va yuzasi ishlaydigan ishchilar soniga nisbatan, ish sharoiti va turini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Qurilish maydonida maishiy-xizmat xonalari ishchilarga qulay bo’lgan joyda joylashtirilib, shamol yo’qolishi va inson xavfsizligi talablarini hisobga olishi talab qilinadi.
Qurilish tashkilotlari ko’pincha yig’ma, blokli va aravachada joylashgan maishiy xonalarni ishlatadilar. Garderoblar uy va ishchi kiyimlarni hamda oyoq kiyimlarini saqlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Kiyimlar gorderoblarda quyidagi usulda saqlanishi mumkin:
- ochiq – (veshilkalarda yoki ochiq shkaflarda).
- yopiq (yopiq shkaflarda);
- aralash (bir turi ochiq bir turi yopiq, masalan, ishchi kiyim ochiq uy kiyimi yopiq).
Shkaflar sonini ishchilar soniga teng qilib olish tavsiya qilinadi. Ishchilar kiyim quritish xonasining yuzasini har bir ishchiga 0,2 m2 olish tavsiya etiladi. Ishchilar isinish va dam olish xonasidagi har bir ishchiga ajratilgan yuza 0,1 m2 kam bo’lmasligi va umumiy yuzasi 12 m2 kichik bo’lmasligi tavsiya qilinadi.
Hojatxonalar ishchi joyidan 75 metrdan uzoq bo’lmasligi ishlab chiqarish korxonalarida 150 metrdan uzoq bo’lmasligi talab qilinadi.
Suv ichish fontanchalari ishchi joylaridan 75 metrdan uzoq bo’lmasligi tavsiya qilinadi.
Ovqatlanish xonalari va bufetlar ishchi joylaridan 300 metrgacha joylashtiriladi. Bu hollarda qo’l yuvish kranlari o’rnatilishi talab qilinadi. 50 o’ringa bitta qo’l yuvish krani talab qilinadi.
Qurilish maydonida ishchilar soni 300 nafardan ko’p bo’lganda medpunkt bo’lishi talab qilinadi. Bu xonalar yuzasi ishlayotgan ishchilar soniga bog’liq bo’lib, meyoriy talablar asosida hisoblab topilib, talab qilinadigan yuzalarini hisobga olgan holda tayyor vagonlar, binolar tanlanadi.
Misol. Qurilish maydonida ishlarni bajarish grafigiga asosan 400 odam ishlaganda talab qilinadigan sanitar gigiyenik va maishiy xonalar yuzasini hisoblab topish talab qilinadi. Ishlar ikki smenada olib boriladi.