28
1.3. MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari.
Stanoklar tuzilishidagi umumiylik
yog‘ochga ishlov berish stanoklarining konstruksiyasi ularning baja-
radigan ishiga bog‘liq. Ba’zi stanoklar yog‘ochni arralash uchun, yana biri
randalash uchun, boshqalari parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatila
-
di. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan, ularning
konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar,
stollar yoki
karet kalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish as
-
bobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish
uchun xizmat qiladi. Stanoklarning konstruksiyasini o‘zgartirish
ularning
elementlari konstruksiyasining prinsipial o‘zgarishiga hamma vaqt ham
sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra, stanoklarning
qismlarini bilish yangi
konstruksiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga im-
kon beradi.
Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratila-
di. Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish organlari, surish
mexanizmlari, yuritmalar,
boshqarish organlari, tayanch va yo‘naltiruvchi
qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobi
-
ni charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish
uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘pgina stanoklar stanok yoniga o‘rnatiladigan mexanizmlar – zagotovka
bilan ta’minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib
o‘tilgan elementlar kompleksi bilan hamma stanoklar ham jihozlanaver
-
maydi.
Stanina stanokning asosi bo‘lib, barcha uzellar
va detallar staninaga
mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari o‘rtasida ta’sir kuch-
larini, titrama yuklamalarni hamda ishlov berilayotgan material yuklamasini
qabul qiladi.
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘ladi. Kesish asboblari
aylanadigan stanoklarning ish organlari: shpindellari,
pichoqlar va arralar
o‘rnatiladigan vallari asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat
qiladi. kesish asbobi ilgarilanma harakat qiladigan stanoklarda ish
organ-
29
lari kesish asbobini mahkamlash, to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish,
to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: