33
lanadigan yog‘och materialni tutib turish imkonini beradigan vilka, plan
-
shayba, rumka-patron o‘rnatiladi. (Shpindelga o‘z-o‘zidan markaz lanuvchi
uch kulachokli patron o‘rnatilsa, u vilka, planshayba va rumka-patronlarning
o‘rnini bosadi va bu bilan yog‘och materialni o‘rnatish vaqtidagi qiyinchi-
liklardan xoli bo‘linadi.)
tayyorlanadigan detal va buyumlarning o‘lchamiga qarab ishlanadigan
yog‘ochlar stanokka turli xil moslamalar: vilka va markaz, planshayba, rum
-
ka-patron, kulachokli patronlar (moslangan bo‘lsa) yordamida o‘rnatiladi.
Bunda uzun o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar vilka va markaz orasi
-
ga, qisqa o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar rumka-patronga, qisqa
o‘lchamli, katta diametrli yog‘ochlar esa planshaybaga o‘rnatiladi. Tirgakni
markaz bo‘yicha yog‘ochga moslab o‘rnatish 28-rasmda ko‘rsatilgan.
yog‘och ishlanadigan tokarlik stanoklari-
da yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik is
-
kanalari yordamida bajariladi. yo‘nuvchi va
qirquvchi iskanalar bo‘ladi. yog‘ochni xo-
maki yo‘nish, sirtlar hosil qilish, ichki sirt
-
larni yo‘nib kengaytirish yo‘nuvchi iskana
yordamida bajariladi. bu iskana nov shaklida
bo‘lib, tig‘i yoysimon ko‘rinishda bo‘ladi.
Xomaki yo‘nilgan sirtlarni pardozlash, qa
-
variq sirtlar hosil qilish, tayyor detallarni
qirqib tushirish ishlari qirquvchi iskana yor-
damida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: