Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

20-rasm
.
ramka namunalari.
21-rasm.
ramka chizmasi.
qismlarni 
lentali 
tunuka 
yordamida
biriktirish
qismlarni 
porsi 
usulida 
biriktirish


28
1.3. MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari.
Stanoklar tuzilishidagi umumiylik
yog‘ochga ishlov berish stanoklarining konstruksiyasi ularning baja-
radigan ishiga bog‘liq. Ba’zi stanoklar yog‘ochni arralash uchun, yana biri
randalash uchun, boshqalari parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatila
-
di. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan, ularning
konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki 
karet kalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish as
-
bobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish 
uchun xizmat qiladi. Stanoklarning konstruksiyasini o‘zgartirish ularning 
elementlari konstruksiyasining prinsipial o‘zgarishiga hamma vaqt ham 
sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra, stanoklarning qismlarini bilish yangi 
konstruksiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga im-
kon beradi.
Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratila-
di. Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish organlari, surish 
mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo‘naltiruvchi 
qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobi
-
ni charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish 
uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo‘lib hisoblanadi. 
Ko‘pgina stanoklar stanok yoniga o‘rnatiladigan mexanizmlar – zagotovka 
bilan ta’minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib 
o‘tilgan elementlar kompleksi bilan hamma stanoklar ham jihozlanaver
-
maydi.
Stanina stanokning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga 
mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari o‘rtasida ta’sir kuch-
larini, titrama yuklamalarni hamda ishlov berilayotgan material yuklamasini 
qabul qiladi.
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘ladi. Kesish asboblari 
aylanadigan stanoklarning ish organlari: shpindellari, pichoqlar va arralar 
o‘rnatiladigan vallari asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat 
qiladi. kesish asbobi ilgarilanma harakat qiladigan stanoklarda ish organ-


29
lari kesish asbobini mahkamlash, to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, 
to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun mo‘ljallangan. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin