25
qo‘lqopi kiyish zarur (17
-rasm). Jilvirlash ishlarini
bajarishda changdan
saqla nish qoidalariga rioya qilish kerak.
Yog‘och buyumlarni pardozlashdan tashqari ularni turli usullarda
bezash ham mumkin (18–19-rasmlar). Ushbu bezash usullariga buyum sir-
tiga naqshlar, tasvirlar ishlash, yog‘och o‘ymakorligi usulida bezash hamda
buyum sirtiga turli materiallarni yopishtirish orqali tasvirlar va naqshlar ho
-
sil qilish kiradi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Yog‘ochni pardozlash deganda nimani tushunasiz?
2. egovlarning qanday turlari mavjud?
3. Jilvirlash deganda nimani tushunasiz?
17-rasm
.
buyum yuzasini jilvirlash
usuli.
16-rasm.
Jilvir qog‘ozlarni yog‘ochga
o‘rnatish usullari.
18-rasm.
Yog‘och sirtini pardozlash:
a – mayda tishli moslama yordamida;
b –
egov yordamida; d – iskana yordamida.
19-rasm.
turli xil burchaklarni
pardozlash usullari.
a)
b)
d)
26
Mustaqil amaliy ish
Yog‘ochlarga ishlov berish usullarini sinab ko‘rish. Egovlash, jilvirlash, pardozlash
hamda loklash ishlarini bajarishning tayyorlanayotgan buyum sifatiga ta’sirini aniqlash.
Jihozlar
Yog‘och bo‘laklari, egovlash, jilvirlash, pardozlash uchun lozim bo‘lgan asboblar.
Yog‘ochlardan rejalash asboblaridan foydalanib buyumlar yasash
Yog‘ochdan yasaladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari turli xil bo‘lib, ulardan
oshxona buyumlari, mehmonxona, yotoqxona hamda ro‘zg‘orda ishlatiladi
-
gan turli asboblar, esdalik uchun sovg‘alar va ramka yasaladi. Uy-ro‘zg‘or
buyumlaridan har birini tayyorlashda uning bajariladigan vazifasiga qarab,
qanday yog‘och turidan foydalanganda maqsadga muvofiqligi aniqlab oli
-
nadi. Unda, asosan, ishlatiladigan yog‘och materialining qattiqligi hamda
undan tayyorlanadigan buyumdan foydalanish jarayonida ro‘y beradigan
ta’sirlarga chidamlilik darajasi hisobga olinadi. Uy-ro‘zg‘or
buyumlari-
dan rasm uchun ramkani tayyorlashda o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan
foydalaniladi. Bu buyumni tayyorlash uchun yog‘ochni tanlash, unda re
-
jalash chizmasini chizish,
arralash, randalash, jilvirlab silliqlash va qism
-
larni biriktirish ishlari bajariladi. Ushbu ramka yon-atroflarini turli bezak
-
lar bilan bezatiladi. Bunday ko‘rinishdagi ramkalarni oshxona devorlariga,
yotoqxona va mehmonxona tokchalariga qo‘yish mumkin. osib qo‘yishga
mo‘ljallangan ramkalarning chetlari chiroyli gulli naqshlar yoki
boshqa
tasvirlar bilan bezatiladi. tokchalar uchun mo‘ljallangan ramkalarga oyoq-
chalar, maxsus tirgaklar qo‘shib tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: