39
AMALIY MASHG‘ULOT.
Silindr shaklidagi detallar.
Egov dastasi eskizini chizish
yog‘ochga ishlov berish ishlarini bajarishda
ularga ishlov berishda ish-
latiladigan ish asboblari muhim sanaladi. Chunki yog‘och oson
ishlanadi-
gan, turmushda ko‘p ishlatiladigan materiallar sirasiga kiradi. Yog‘ochga
randa, arra, xatkash, qumqog‘oz, turli xil markali stanoklar, iskana hamda
egov yordamida ishlov beriladi. asboblar ishlov beriladigan yuzaning ish
jara yoniga qarab tanlanadi. Masalan, randadan yog‘och yuzasidagi g‘a-
dir-budurlikni olib tashlash va tekislashda foydalaniladi. arra
yordami-
da esa yog‘och arralanadi. iskana yordamida yog‘och
yuzasiga turli xil
ko‘rinishdagi naqsh elementlarini o‘yib ishlash orqali tushirish mumkin.
egov yordamida esa yog‘ochning yuzasi tekislanadi va
turli xil kattaliklarda
chuqurchalar ochiladi.
Silindr shakl deb, geometrik tanasi aylana shaklga ega bo‘lgan buyum
-
ga aytiladi. Buyumlar silindr shaklda yasalgan bo‘lib, oddiy va murakkab
o‘yiqlar bilan kesilgan bo‘ladi. bunga misol qilib
egov dastasini olishimiz
mumkin (32-rasm).
32-rasm.
egov dastasining o‘lchamlari.