19
mayda hamda ko‘p miqdordagi buyumlarni bir joyga
to‘plab turish uchun mo‘ljallangan buyum hisoblanadi.
qalamdonda buyumlar tartibli saqlanadi. Shuning
uchun ham qalamdon tayyorlashda uning dizayniga kat-
ta e’tibor qaratiladi. qalamdonga solinadigan narsalar-
ning soni, hajmi inobatga olinadi. Qalamdonlarning
turlari har xil bo‘ladi. Ularni
tayyorlashda yoki xarid
qilishda qanday joy uchun mo‘ljallangani e’tiborga oli-
nadi. maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan qalam-
donlarda ruchka, qalam, qaychi, sirkul, chizg‘ich kabi
narsalar uchun joy ajratiladi. Ofis va boshqa joylarga
mo‘ljallangan
qalamdonlarda ruchka, qalam, qaychi
-
lardan tashqari qog‘oz,
modem qurilmalari, fleshka,
to‘g‘nog‘ichlar uchun ham joy ajratiladi. qalamdon
tayyorlashda uning rangi, tuzilishi, hajmiga qarab xom-
ashyo tanlanadi. Qalamdonlar yog‘och, plastik, karton
qog‘ozi kabi xomashyolardan tayyorlanadi. 11-rasmda
qalamdonlarning turlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: