6
shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog‘liq bo‘ladi. taxta yelimi va
kazein yelimi duradgorlikda eng ko‘p ishlatiladi.
Taxta (duradgorlik)
yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog‘i, shoxi,
tog‘aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning
sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo‘lsa,
shunchalik sifatli bo‘ladi.
taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘kkunicha 10–12
soat ivitiladi, so‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir-
birining ichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib
ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga
yelim solinadi (1-rasm). yelim qaynatkich taxminan 70–80°C gacha qizdi-
riladi. ana shu darajadagi haroratda yelim
eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada,
kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.
yelim qaynatishda qattiq
qaynab ket-
masligini va uzoq vaqt qizimasligi ni ku-
zatib turish kerak. Chunki ana shunday
hollarda uning sifati yomonlashadi. odat-
da, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib
tayyorlanadi. Negaki,
u qayta qizdirilsa,
buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yara-
maydi. Yelimning ishga yaroq liligini aniqlash uchun unga bitta payrahani
tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib
tushsa, sifatli bo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ish
-
latishga yaramaydi.
Qattiq (dub, buk va boshqa) yog‘och buyumlarni yelimlash uchun suyuq
va yumshoq yog‘och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatila
-
di. yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: