7
bir hissa qilib) sepiladi, keyin bir jinsli massaga aylangunicha yaxshilab
aralash
tiriladi. Suvni yoki yelim aralashmasini isitmaslik kerak. Chunki
bunda yelim buziladi.
Kazein yelimi o‘zining yopishtirish qo
-
biliyatini 3–4 soatgacha saqlaydi. Shunga
ko‘ra, uni faqat ish uchun yetarli miqdorda
tayyorlash kerak.
qotib qolgan kazein yelimi aralashmasi-
ni ikkinchi marta
suvda eritish yoki yangi
yelimga qo‘shish mumkin emas.
yog‘och detallarni yelimlashning mus-
tahkamligi faqat tayyorlangan yelim eritma-
sining sifatiga emas, balki biriktirilgan de-
tallar orasida hosil qilingan yelim qat
lami
ning qalinligiga ham bog‘liqdir.
Mazkur de tallar yog‘och orasida 0,1–0,15
mm
li
qat lam hosil qilib, ularni
mustahkam bi rik tiradi.
detallarni mustahkam biriktirish uchun
ularning orasida tirqish qol-
dirmay mos lashtirish lozim. detallarning o‘zaro birikadigan sirtlarini chang-
dan yaxshilab tozalash, keyin ularga qo‘l bilan tegmaslik kerak,
chunki
changlar yelimlashning mustahkamligiga putur yetkazadi.
yelim biriktiriladigan sirtiga cho‘tka bi lan bir tekis qatlam qilib surtila-
di (2-rasm) , shundan keyin yog‘och yelimni shi mib olishi uchun biroz kutib
turiladi, shun da yelim aralashmasidagi namlik ham bug‘lanadi. Lekin yelim
qurib qolmasidan oldin detallarni biriktirish kerak.
yelimlash bir tomonlama va ikki tomonlama ham bo‘lishi mumkin. bir
tomonlama yelimlashda, yelimni faqat bitta detal sirtiga, ikki tomonlama
yelimlashda esa ikkala detal sirtiga surtiladi. bir
tomonlama yelimlash bilan
detallarning tolalari bo‘ylamasiga, ikki tomonlama yelimlash bilan esa tola
-
lari ko‘ndalangiga biriktiriladi. ho‘l yog‘ochlarni yelimlash mumkin emas.
to‘g‘ri tirnoqli va t simon birikmalarni yelimlashga tayyorlashda
ularning
sirtiga duradgorlik yoki kazein yelimi surtiladi. Shundan keyin
tirnoqli birikmaning detallari biriktiriladi. bunda tirnoq uyaga yoki go‘shaga
zich joylashuvi hisobga olinadi. buning uchun tirnoqli birikma detallarining
biriga to‘qmoq bilan yog‘och qistirma orqali sekin-sekin uriladi (3-rasm).
2-rasm.
yelimni surtish:
a – go‘sha va tirnoq; b – uya va
tirnoq.
a)
b)
8
yig‘ilgan tirnoqli birikmalar
dagi bur-
chaklarning 90° bo‘lishi go‘ niya
bilan tek -
shiriladi. Ana shu talablar bajarilgach,
tirnoq li bi rikmalar bilan yig‘ilgan buyumlar
tirnoq, uya va go‘shaning zich birikishini
ta’minlaydigan maxsus iskanja moslama-
larga joylashtiriladi (4-rasm)
va shu holatda
yelim batamom qotgunicha saqlanadi.
ishlab chiqarish sharoitida tirnoqli bi-
rik mali buyumlarni yig‘ish maxsus usku-
nalar yordamida bajariladi. bu uskunalar
buyumlarning geometrik shakli to‘g‘ri
bo‘ lishini, moslashtirilgan birikmalarning
mus
tahkamligini va mehnatning yuqori
unum dorligini ta’minlaydi.
Lok
–
sirtga surtilganda qotib, yaltiroq
qattiq parda hosil qiluvchi organik mod dalar
aralashmasi. loklash yog‘och bu
yum
larni
yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan
usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyumning
sirtiga bir necha qatlam qi lib lokni surtish-
dan iboratdir. Loklashda spirt li,
moyli va
nitroloklardan
foydalani la di.
buyumlarni
loklashni quruq, iliq, yax shi shamollatiladi
-
gan xonada, chang va qipiqlardan xoli joyda
bajarish kerak. Lok lar cho‘tka yoki tampon
bilan surtiladi. Tam pon nam o‘tkazmaydigan
bir bo‘lak pax tani yupqa ip gazlamaga o‘rab
tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: