Texnologiya va Ta'lim texnologiyalari tushunchalari. Bugungi kunda ta’lim muammolarni bartaraf etish asosida «yangi pedagogik texnologiya»


- Ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish



Yüklə 18,74 Kb.
səhifə7/7
tarix13.03.2022
ölçüsü18,74 Kb.
#53673
1   2   3   4   5   6   7
Texnologiya va Ta

- Ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari). 

- Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o’qitish).

O’tkan asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini, 30 yillarida esa pedagogik entsiklopediyalarda “pedagogik texnika” termini uchray boshladi va u mashg’ulotlarni samarali tashkil qilish uchun uslub va vositalar sifatida ifodalandi. 1971 yili AQSHda “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH Assotsiatsiyasi” tashkil qilindi. Bugungi kunga kelib AQSH va Kanadada kengashning 50 dan ziyod filiallari ish olib bormoqda. Pedagogika sohasiga oid nufuzli ilmiy jurnallar va davriy nashrlar tashkil qilindi, masalan 1961 yilda AQSHda “Educational Technology-Pedagogik texnologiya” jurnali, 1971 yilda “Audiovizual o’qitish” ilmiy jurnallari nashr qilindi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga 1967 yilda tashkil qilingan “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” va “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi”larini keltirish mumkin. Angliyada ham shu davrda yaniy 1967 yilda “Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash” tashkil qilindi. Italiyada 1971 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz” tashkil etildi. Ushbu tashkilotlarning barchasi ta’limning yangicha texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar va ularni joriy qilish muammolari bilan shug’ulanib kelmoqda. XX asrning 80-90 yillarida pedagogik texnologiyaning mohiyatini chuqurroq ilmiy taxlil qilish ishlari davom etdi.



O’zbekistonda 1997 yil 29 avgustda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Ta’lim tizimida pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi. 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi ilmiy jurnallar nashr etila boshlandi. Respublikada ilk bor 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha ilmiy-nazariy konferensiyasi o’tkazildi. O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha samaraliy ilmiy tadqiqot olib brogan pedagog olimlar U.Nishonaliev, N.S.Saidahmedov, N.N.Azizxodjaeva, Ziyomuhammedov, O’.Tolipov, B.L.Faberman, va boshqalarni keltirish mumkin. 2000 yilda pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva rahbarligi ostida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida “Innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi”.
Yüklə 18,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin