KIRISH Hozirgi kunda fan va texnikaning taraqqiyot darajasi hisoblash texnikasi imkoniyatlaridan faol foydalanishni talab etmoqda. O‘zbekiston xalq xo‘jaligi rivojlanishida mashinasozlik o‘rnining oshib borishi mashina va mexanizmlar nazariyasining zamonaviy usullarini egallash zarur ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun “MMN” bo‘yicha laboratoriya, amaliy mashg‘uloti va kurs loyihalarini bajarishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish bo‘lajak bakalavr va magistrlarni tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi.
,,MMN’’ kursida paydo bo‘ladigan ba’zi vazifalar shunday murakkabki, ularning aniq analitik echimi yoki bo‘lmaydi, yoki zarur natijalarga erishish uchun ancha vaqt va ko‘p mehnat talab etiladi. Kompyuter texnologiyasini qo‘llash talabalarni ko‘p mehnat talab qiladigan hisoblash ishlaridan ozod qiladi, aniq amaliy natijalarga erishish, grafik usul bilan kinematik parametrlarni aniqlashga ketadigan vaqtlarini tejaydi va mashinasozlikning injenerlik masalalarini yechishda talabaga chuqurroq ilmiy yondashish imkonini yaratadi. Ushbiy qo‘llanmada “MMN” bo‘yicha mexanizmlar analizining turli masalalarini yechish namunasida EHM imkoniyatlari namoyish etilgan. Kinematik tahlil etiladigan har bir mexanizm dastlab “Kompas” va “AutoCAD” dasturida chiziladi.Mexanizmlar kinematik tahlilining maqsadi quyidagilardan iborat: Yetaklovchi zvenoning ma’lum harakat qonunlari bo‘yicha funksiya holati; Zvenolarning harakat trayektoriyasi; siljishi; tezligi; tezlanishlari; shuningdek mexanizmni kuchga, dinamik, energetik va boshqa hisoblari uchun zarur bo‘lgan son qiymatlarini aniqlash. Mexanizmlar kinematik tahlili- grafik(grafik va diagrammalar usuli), grafoanalitik ( tezlik va tezlanish rejalari usuli), analitik va tajribali usullar bilan bajarilishi mumkin.
Mexanizmlar kinematik tahlilining grafik va grafoanalitik usullari quyidagi kamchiliklarga ega: yuqori bo‘lmagan aniqlik; ko‘p mehnat talab qilinishi; grafik usuldan foydalanishda mexanizmning har bir tahlil qilinadigan nuqtasi uchun siljish, tezlik va tezlanish diagrammalarini qurish zarur; grafoanalitik usuldan foydalanishda esa bizni qiziqtiradigan 4 nuqta tezligi va tezlanishlarining o‘zgarish dinamikasini aniqlash uchun mexanizmning bir qancha tezlik va tezlanish planlarini qurish kerak (mexanizmning bir qancha holatlari uchun) “Mехanizm va mashinalar nazariyasi” fani muхandislik amaliyotida, ko`plab uchraydigan, dеyarli hamma turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan mехanizm bo`g’inlarining tuzilishini hamda ularni iqtisоdiy jihatdan tеjamli qilib hisоblash va lоyihalash uchun zarur bo`lgan bilim va amaliy ko`nikmalar bеrishdan ibоrat.
Dastur mustaqil O`zbеkistоnda tеz sur’atlar bilan rivоjlanayotgan bоzоr iqtisоdiyoti, shuningdеk mutaхassis o`qituvchi kadrlar tayyorlash uchun bugungi kun talablarini hisоbga оlib tuzildi.