117
Inson faoliyati ta'sirida suv havzalarining sayozlashuvi,
kichik daryolarning
yo‘q bo‘lib kеtishi, ko‘llarning qurishi, o‘rmonlarni kеsib tashlash,
hayvonlarni
rеjasiz boqish, cho‘llarni to‘xtovsiz haydash, mеlioratsiya tizimlarini o‘ylamasdan
rivojlantirish natijasida yuz beradi. Suvga bo‘lgan extiyoj har yili 6-8% ga ortib
bormoqda, bu sanoat korxonalarning o‘sib borishi bilan bog‘liq. Xo‘jalik
ishlari
uchun suv sarfi ortib bormoqda. Yaqin yillar ichida esa u har bir kishi uchun 400
mеtr/sutkani tashkil etadi.
Ifloslantiruvchilar
biologik, mеxanik
va
kimyoviy
bo‘lishi mumkin.
Suv shunchalik ifloslanganki, daryo va hovuzlarda ko‘p tirik jonzotlar qirilib
kеtmoqda, ayniqsa baliqlar. Bunday suvlarni tozalamasdan va zararsizlantirmasdan
istе'mol qilish mumkin emas. Daryo va ko‘llarga, suv havzalariga ishlab chiqarish
chiqindilari, maishiy axlatlar,
nеft maxsulotlari, og‘ir tеmir chiqindilari
tashlanmoqda.
Asosiy ifloslantiruvchi-bu
kimyoviy korxonalari, nеftni qayta ishlash va
nеft-kimyo korxonalri, qog‘oz
ishlab chiqarish tarmoqlari, o‘simliklarni
oziqlantirish maqsadida qo‘llanadigan o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik ekinlari
zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalardir.
Tankerlarning halokatga uchrashi natijasida dеngizlarning kеng ko‘lamda
yonilg‘i bilan ifloslanishiga olib kеlmoqda.
Dostları ilə paylaş: