123
Statistika ma’lumotlariga nazar tashlasak, 60-yillarda yer yuzi aholisining
1,6% (har 62 kishidan biri) tabiiy ofat, avariya, halokatlardan jabrlanganini, 90-
yillarga kelib esa bu ko‘rsatkich 3.5% (har 29 kishidan biri)ni tashkil etganini
ko‘ramiz. Bu esa o‘z navbatida yuqoridagi fikrlarning to‘g‘ri ekanligini yana bir
bor tasdiqlaydi.
Fuqaro mudofaasi o‘rniga bo‘lishi mumkin bo‘lgan, yirik qo‘lamdagi
favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat
tizimi egallashi, u tinchlik hamda urush davrida
aholini va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishi lozim edi. Bu tizim aholini
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o‘tkazibgina
qolmay, boshqa muhim tadbirlarni: xavfli hududlarni xaritalashtirish, seysmik
mustahkam bino va inshootlarni ko‘rish, qisqa, o‘rta
va uzoq muddatli
bashoratlash ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim
edi.
Shu o‘rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to‘g‘ri keladi.
Favqulodda vaziyatning o‘zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish
deganda nimani ko‘zda tutishimiz lozim?
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarining bajarilishini ta’minlash xamda
ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat,
tuman, shahar,
shuningdek, ob’ekt miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari
tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari, tizimlaridan
tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi,
ularning
tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i
tomonidan belgilab
qo‘yiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari ham
jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining
qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: