Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha texnik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

3. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha texnik 
xodimlarning javobgarligi 
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratish 
bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini 
olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat korxonada mustaqil 
tizimiy bo‘linma bo‘lib, bevosita boshliqqa yoki bosh muhandisga bo‘ysunadi. O‘z 
ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi tasdiqlagan reja bo‘yicha boshqa 
bo‘linmalar ya’ni, davlat nazorati mahalliy organlari texnik inspektsiyalari 
hamkorligida amalga oshiradi. 
Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini 
tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi 
jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi 
va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi; 
2. korxona bo‘linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni 
amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, 
mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini tuzadi, ko‘rib chiqadi, 
sanitariya sog‘lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi. 
4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalovchi 
boshqa vositalarini konstruktsiyalarini qayta ishlash va joriy etish bo‘yicha 
korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi; 
5. mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi 
standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi; 
6. korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo‘mita faollari 
ishtirokida binolar, inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi (yoki 
tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini sanitar-
texnik qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi; 
7. maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya vositalari 
hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur 
materiallar va uskunalarga o‘z vaqtida to‘g‘ri buyurtmalar tuzilishini nazorat 
qiladi; 
8. korxona bo‘linmalariga ishlab chiqarishda atrof muhit holatini nazorat 
qilish bo‘yicha yordam ishlarini tashkil etadi; 


21 
9. ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektlarni, uskuna va mashinalarni 
rekonstruktsiyadan so‘ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog‘lom mehnat 
sharoitini taminlash bo‘yicha talablarni bajarilishini tekshiradi; 
10. kirish yo‘riqnomasini o‘tkazadi va mavjud me’yoriy hujjatlar va mehnat 
muhofazasi masalalari bo‘yicha ishlovchilarni o‘qitishni tashkillashtirishga yordam 
beradi; 
11. attestatsiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me’yorlari 
texnika xavfsizligi yo‘riqnomalari bo‘yicha mutaxassislarni bilimini tekshirish 
komissiyasida ishtirok etadi. 
Mehnat kodeksida bo‘linmalarda mehnat xavfsizligini taminlashni tashkil 
etish ularning rahbarlariga yuklatilgan. Ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha 
umumiy javobgarlik korxona rahbariga, uning yo‘g‘ida esa bosh muhandisga 
yuklatiladi. Korxona kasaba qo‘mitalari tarkibida mehnat muhofazasi bo‘yicha 
komissiyalar mavjud bo‘lib, har bir kichik guruhda mehnat muhofazasi bo‘yicha 
jamoatchi instruktor saylanadi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyalar ishlab 
chiqarish madaniyati va mehnat muhofazasi ahvolini jamoat tartibida ko‘rib 
chiqadi, mehnat muhofazasi bo‘yicha ma’muriyat va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi 
shartnoma loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ma’muriyat tomonidan ushbu 
shartnomasi va mehnat haqidagi qonunchilikni nazorat qiladi. Bo‘linmalarni 
jamoatchilik inspektorlari mehnat muhofazasini bevosita ish joylarida nazoratini 
amalga oshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin