23
Aqliy mehnat vaqtida (o‘qish,
yozish fikrlash, masala echish, dars tinglash
va hokazo) asosan ko‘rish, eshitish, nutq organlari
va ularning bosh miya
po‘stlog‘idagi markazlarning nerv xujayralari ish bajaradi. Ammo aqliy faoliyat
uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib,
ish sifati
yomonlashadi, e’tibori kamayadi, o‘zlashtirish pasaya boshlaydi, u bo‘shashadi,
mudraydi.
Bu esa miya xujayralarning charchaganidan dalolat beradi. Miya nerv
xujayralarini charchashini oldini olish uchun 5-10 daqiqa tanaffus beriladi.
Jismoniy mehnat
– bu bizning harakat a’zolarimiz
tomonidan bajarilib,
inson organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning
mehnatini ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida
bajariladi. Bajariladigan ishning turiga va sarflanadigan energiya miqdoriga ko‘ra
barcha ishlovchi odamlar 4 guruhga bo‘linadi.
1.
Aqliy mehnat.
2.
Mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat.
3.
Mexanizatsiyalashmagan jismoniy mehnat.
4.
Mexanizatsiyalashmagan og‘ir jismoniy mehnat.
Dostları ilə paylaş: