Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni saqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni saqlash.
Xavfli kimyoviy korxonalarda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari 
quyidagilardan iborat:
- kimyoviy shikastlanish xavfi haqida ogohlantirish;
- himoya inshootlarida (boshpanalarda) saqlanish;
- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- antidod va SHXP-8 ni qo‘liash;
- shikastlangan jcylarda yurish-turish rejimlariga rioya qiiish;
- zararlangan hududlardagi odamlami evakuatsiya qilish;
- fuqarolami sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshootlarni, transport va 
texnikalarni degazatsiya qilish.
Kimyoviy zararlanishda, birinchi navbatda, razvedka o‘tkaziladi: bunda
avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi 


94 
odamlarning zararlangan o‘choqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi hamda 
YO‘nalishini va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.Zahartangan fuqarolarga
birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalariga yotqiziladi. 
Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo‘q qilib 
yuboriladi. Zararlangan hududda chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish
taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy
himoya vositalari,
kiyim-kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, so‘ngra o‘zlari to‘liq sanitar 
ishlovdan o‘tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.
 Radioaktiv nurlarni o‘lchash asboblari 
Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta`sir 
ko‘rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish miqdorini bilib 
turish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta 
ahamiyat beriladi.
O‘lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, stsintalyatsiya va 
fotografiya usullariga asoslangan. Ba`zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta`sirida 
elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qolish qobiliyatiga ega. Ionizatsiya usuli shunga 
asoslangan.
Stsintilyatsiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan 
nurlanishlarni yutishi natijasida ko‘rinadigan nurlar tarqatish xossasiga 
asoslangan. Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemul’siyaga ta`sir 
ko‘rsatishiga qarab belgilanadi.
O‘lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o‘lchaydigan 
turlarga bulinadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar 
va kvantlar ajratayotganini o‘lchaydi.
Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar qancha energiyani 
uzatayotgani yoki ob`ektga tushayotganini o‘lchaydi.
Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini 
o‘lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. 
SHaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlatgan davridagi ma`lum vaqtlarda 
(masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash 
imkoniyatini beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko‘p nurlanish olishi 
mumkin bulgan qismiga o‘rnatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin