96
kuchlanishni boryo‘qligini aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida
qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi.
Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha:
- izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismlarga
tasodifan tegib ketishi;
- izolyasiyasi lat yegan sababi metal qismlarga tokni o‘tib ketishi;
- kuchlanish ostida qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan
va elektr yoyi orqali.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok: termik,
elektrolitik, biologik ta’sirini va
mehanik jarohatlanish olishi mumkin.
Termik ta’siri
- teri to‘qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha
olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri
- organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida
qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri
- tanani bioenergetik
jarayonini buzilishi, ya’ni tirik
hujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat.
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin: elektr
jarohat va elektr zarb.
Dostları ilə paylaş: