Texnologiyalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy


-rasm.  Ma’ruza mashg‘ulotini Flipped classroom modeli orqali loyihalash



Yüklə 36,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü36,59 Kb.
#207620
1   2   3   4
respublika

1-rasm. 
Ma’ruza mashg‘ulotini Flipped classroom modeli orqali loyihalash
 
“Informatikaning nazariy asoslari” fanining ma’ruza mashg’ulotlarida darsdan 
oldingi ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
 
- video ma’ruzalarni eshitish; 
- taqdimotni o’qish; 
- belgilangan mezonlar bo‘yicha boshqa talabalar (kamida ikkita) ishiga izox berish; 
- mavzu materiallari asosida tayyorlangan savollarga javob berish (Quiz savollar)
- mustaqil ta’lim topshiriqlariga tayyorlanish. 


 
 “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
396
Auditoriya darsiga talabalar mavzu bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lib va murakkabroq 
ma’lumotlarni idrok etishga, muhokamalarda qatnashishga va olingan bilimlarni amalda 
qo‘llashga tayyor bo‘lib keladilar. 
Aralashtirilgan ta’lim bo‘yicha sinf darsi sinfdan oldingi ish natijalariga ko‘ra “talaba-
o‘qituvchi”ning fikr-mulohazalarini o‘z ichiga oladi. Ma’ruza mashg‘ulotida mini leksiya o‘tildi, 
yangi mavzu doirasida talabalarning savollariga javob berildi, darsni umumlashtirildi, shuningdek, 
bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, ma’ruza mashg‘uloti qiziqarli o‘tishi uchun interfaol 
metodlardan (problem solving organayzeri) foydalanildi.
Shu tarzda tashkil etilgan o‘quv jarayonida mustaqil va auditoriya ishlari o‘rtasidagi 
chegara yo‘qoladi. Shu bilan birga, elektron va sinf komponentlarini integratsiyalashuvi 
muvaffaqiyatning asosiy omillariga aylanadi [4]. 
Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, ma’ruza mashg’ulotlarida aralash ta’limning flipped 
classroom modelini qo‘llashda olingan ma’lumotlar hajmining ortishi qayd etildi va talabalar faol, 
mas’uliyatli, mustaqil bo‘lib, taklif qilingan materialni yaxshiroq o‘zlashtirdilar, bir-birlari bilan 
erkin muloqot qilishdi. O‘qituvchi endi darsda yangi materialni aniq aytib berishga 
ulgurmasligidan qo‘rqmaydi. U ma’ruzachi rolidan talabalar uchun maslahatchi darajasiga 
o‘tadi[5].
Aralash ta’lim asosida tashkil etilgan o’quv jarayonida boshqalarga o‘rgatish orqali o‘z-
o‘zini o‘rganish jarayoni mavjud bo‘lib, bu ta’limning eng samarali usuli hisoblanadi. 
Aralash ta’lim, bizningcha, talabalarni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga 
aylantirishga yordam beradigan, talabaga o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini (vaqtni boshqarish, 
kuchlarni taqsimlash, tanqidiy fikrlash) shakllantiradigan, o‘qituvchiga har bir talabaga individual 
yondashish, har bir talabaning asosiy kamchiliklarini aniqlash va uning temperament 
xususiyatlarini xisobga olgan holda harakat traektoriyasini qurish imkonini beradigan 
texnologiyadir. 
Demak, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini aralash ta’lim asosida tashkil qilish 
sinf vaqtini tejash, o‘quv jarayonida yangi aloqa vositalaridan foydalanish, ob’ektiv baholash 
imkoniyati va innovatsion nazorat vositalaridan foydalanish, qobiliyatlarni rivojlantirish, o‘z 
faoliyatini rejalashtirish, bilimlarni sinfdan tashqari egallash va undan foydalanish qobiliyati, 
haqiqiy o‘quv materiallaridan foydalanish, talabaga yo‘naltirilgan yondashuvga tayanishga imkon 
beradi. 

Yüklə 36,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin