“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
394
O‘QUV JARAYONINI ARALASH TA’LIM ASOSIDA TASHKIL ETISH
Allamova Shohista Shavkat qizi
CHDPU, Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7932768
Annotatsiya.
Axborot hajmi va talabalarning mustaqil ishi ulushining ortishi, o‘qituvchi
yagona manba bo‘lgan ta’lim jarayoni, shuningdek, talaba bilimning “passiv” ob’ekti sifatida
ko‘rib chiqilishi – yangi ta’lim texnologiyalarini izlashni va talabalarga yo‘naltirilgan ta’limga
o‘tish zaruratini talab qiladi. Maqolada ma’ruza mashg‘ulotlarini aralash ta’lim asosida tashkil
etishni loyihalash haqida so‘z ketadi.
Kalit so‘zlar:
Aralash ta’lim, mustaqil ta’lim, online ta’lim, Flipped classroom.
Bugungi kunda ushbu vazifani amalga oshirishda aralash ta’lim ham muhim ahamiyatga
ega. Aralash ta’lim asosida elektron texnologiyalarining hozirgi rivojlanish darajasi ta’lim
tizimining innovatsion jarayonlarga intilishi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv
jarayonini o‘zgartirish va talabalarning mustaqil ta’lim vaqtini optimallashtirish zarurligini taqozo
etmoqda.
Zamonaviy oliy ta’lim tizimida eng samarali innovatsion
usullar va texnologiyalarni
tanlash muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Innovatsion usullar fan va axborot
texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga asoslangan usullardir. Aralash taʼlim
jarayonini
optimallashtirish, oʻquv materialini oʻzlashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni
yaratishga qaratilgan boʻlib, bu taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi [1].
Aralash ta’lim asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanishi
olimlar va pedagoglarni ta’lim jarayonida ulardan samarali foydalanishning tobora ko‘proq yangi
imkoniyatlarini o‘rganishga undaydi.
Oliy ta’limda aralash ta’lim asosida elektron
ta’limning ahamiyati muttasil ortib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalari aralash ta’limni
qabul
qilmoqdalar, chunki bu:
raqamli dunyoda zamonaviy talabalarning yashash ehtiyojlarini qondiradi;
pedagogik innovatsiyalarni rag‘batlantiradi;
universitet ichidagi va universitetlararo miqyosda bilim
almashish va hamkorlikni
rivojlantirishga yordam beradi;
masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi va talabalarning turli toifalari uchun
ta’lim olish imkoniyatlarini soddalashtiradi.
Shuningdek, biz aralash ta’lim asosida o‘quv jarayonini tashkil etish talabalarga bir qator
afzalliklarni berishini ham aniqladik:
–
darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o‘rganish;
–
o‘z bilimi uchun mas’uliyatni qabul
qilish va anglash;
–
arzon va sifatli elektron ta’lim resurslarini olish;
–
o‘zaro yordam;
–
o‘z ta’lim yutuqlarini
tanqidiy baholash qobiliyati;
–
AKT-kompetentligini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Ta’limning bu turining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
–
qiziquvchi talabalar bir-biri bilan ishlaydi,
–
individual mashg‘ulotlar uchun
vaqtni oshirish;
–
talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqot yangi sifat va miqdoriy darajaga
ko‘tariladi;