Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix03.04.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#54639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mustaqil ish 1 Fizika Qulmatov A

Tоk rеzоnansi yoki parallеl rеzоnans - rеzоnans vaqtida tarmоqlardan 

o`tadigan tоk marta оrtishi. 



Aktiv (rеzitiv) qarshilik - agar zanjir elеmеntida enеrgiyaning qaytmas yutilish 

hоdisasi kuzatilsa, bu elеmеntning qarshiliti aktiv (rеzitiv) qarshilik, aks hоlda, 

uning qarshiligi rеaktiv qarshilik dеyiladi. Rеaktiv qarshilikda enеrgiya 

yutilmaydi, balki to`planadi. 



Sodda tebranish konturi- C sig’im va L induktivlik g’altagidan tashkil topgan kontur. 

Gers elektromagnit to’lqinlar yordamida axborot almashinish ya’ni telekommunikatsiya 

sohasiga juda ko’p foydali ishlarni bajardi . 

Yopiq tebranis konturini tahrirlab ochiq tebranish konturini yaratdi va u orqali 

elektromagnit maydon hosil qila oldi . 

Gers vibratory yordamida 0.6 m dan 10 m gacha to’lqin uzunlikli yassi to’lqinlar hosil 

qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligi namoyon bo’ldi . Gers 

turg’un elektromagit to’lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnit 

to’lqinlarning tezligini aniqlab , uning yorug’lik tezligi bilan mos kelishini ko’rsatdi . 

Undan tashqari Gers to’lqin uzunliklarini ham hisobladi . Keyinchalik bu izlanishlarning 

mantiqiy davomi sifatida 

ish olib borgan Popov 

, Markoni elektromagnit to’lqinlar orqali 

axborot uzatish va qabul qilib olish jarayonlariga yo’l ochib berdi. 

Elektromagnit induksiya hodisasini chuqur tahlil qilgan ingliz fizigi J.Maksvell elektr va 

magnit maydonlar o’zaro bir-birlariga bog’liq degan xulosaga keladi . Ulardan 

birortasining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi .Ular yagona 

elektromagnit maydonning elektr yoki magnit maydonlar ko’rinishida namoyon 

bo’lishidir . 



Elektromagnit maydon materiyaning maxsus ko’rinishi bo’lib , u bizning ongimizdan 

tashqarida ham mavjud . 

Elektromagnit to’lqinlar esa o’zgaruvchan elektromagnit maydonning fazoda 

tarqalishidir .Tebranish konturlari. 

Radioelektron qurilmalarning asosiy zanjirlaridan biri tebranish 

konturlaridir. Ular yordamida yuqori chastotali elektr toki hosil qilinadi yoki 

murakkab tebranishlarning kerakli chastota spektri ajratib olinadi. 


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin