Tоk rеzоnansi yoki parallеl rеzоnans - rеzоnans vaqtida tarmоqlardan
o`tadigan tоk Q marta оrtishi.
Aktiv (rеzitiv) qarshilik - agar zanjir elеmеntida enеrgiyaning qaytmas yutilish
hоdisasi kuzatilsa, bu elеmеntning qarshiliti aktiv (rеzitiv) qarshilik, aks hоlda,
uning qarshiligi rеaktiv qarshilik dеyiladi. Rеaktiv qarshilikda enеrgiya
yutilmaydi, balki to`planadi.
Sodda tebranish konturi- C sig’im va L induktivlik g’altagidan tashkil topgan kontur.
Gers elektromagnit to’lqinlar yordamida axborot almashinish ya’ni telekommunikatsiya
sohasiga juda ko’p foydali ishlarni bajardi .
Yopiq tebranis konturini tahrirlab ochiq tebranish konturini yaratdi va u orqali
elektromagnit maydon hosil qila oldi .
Gers vibratory yordamida 0.6 m dan 10 m gacha to’lqin uzunlikli yassi to’lqinlar hosil
qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligi namoyon bo’ldi . Gers
turg’un elektromagit to’lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnit
to’lqinlarning tezligini aniqlab , uning yorug’lik tezligi bilan mos kelishini ko’rsatdi .
Undan tashqari Gers to’lqin uzunliklarini ham hisobladi . Keyinchalik bu izlanishlarning
mantiqiy davomi sifatida
ish olib borgan Popov
, Markoni elektromagnit to’lqinlar orqali
axborot uzatish va qabul qilib olish jarayonlariga yo’l ochib berdi.
Elektromagnit induksiya hodisasini chuqur tahlil qilgan ingliz fizigi J.Maksvell elektr va
magnit maydonlar o’zaro bir-birlariga bog’liq degan xulosaga keladi . Ulardan
birortasining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi .Ular yagona
elektromagnit maydonning elektr yoki magnit maydonlar ko’rinishida namoyon
bo’lishidir .
Elektromagnit maydon materiyaning maxsus ko’rinishi bo’lib , u bizning ongimizdan
tashqarida ham mavjud .
Elektromagnit to’lqinlar esa o’zgaruvchan elektromagnit maydonning fazoda
tarqalishidir .Tebranish konturlari.
Radioelektron qurilmalarning asosiy zanjirlaridan biri tebranish
konturlaridir. Ular yordamida yuqori chastotali elektr toki hosil qilinadi yoki
murakkab tebranishlarning kerakli chastota spektri ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |