-
Natijalar CPU registeridan xotirada saqlanadi.
Ishlash sikli davomida
protsessorning harakatlari boshqaruv bloki
tomonidan chiqarilgan mikro-instruktsiya (
MI)lar bilan belgilanadi. MI –
ajratilgan shinalar orqali alohida boshqaruv signallari ko’rinishida uzatiladi.
Shu holatga misol:
-
X registri ma’lumotini
Y registrga ko’chiruvchi buyruqni amalga oshirish uchun D
ma’lumotlar shinasidan foydalaniladi deb tasavvur qilamiz.
- Boshqarish bloki
X registrga uning ma’lumotlarini D ma’lumotlar shinasiga
joylashtirishini boshqaruv signali orqali xabar beradi.
Bir muddatdan keyin, Y
registrga D ma’lumotlar shinasidan ma’lumotni o’qib olish uchun boshqaruv
signalini jo’natiladi.
2. Registrlar turlari, xususiyatlari va bajaradigan vazifalari
Kompyuter arxitekturasiga ko’ra,
registrlar to’plami
bir biridan farqlanib,
umumiy va
maxsus registrlarga bo’linadi.
Umumiy registrlar
istalgan maqsad
uchun mos keladi, ammo
maxsus turi CPUda maxsus vazifalarni bajaradi,
masalan,
PC yoki
IR.
Registrlar - bu protsessorning amallarini va
boshqa hisob-kitoblarning
natijalarini yaratish va saqlash uchun foydalaniladigan, protsessor ichidagi juda
tezkor xotira manzillariga ega bo’lib, u turli xil kompyuterlarda
har xil registrlar
to’plamidan tashkil topadi;
- Registrlar soni, turi va uzunligi bilan farqlanadi;
- Registrlar ko’p maqsadli, maxsus va faqat ma’lumot
saqlashga
mo’ljallangan bo’lishi mumkin;
- Buyruqlar to’plamini loyihalashiga ko’ra registrlar soni mos kelishi lozim;
- Kam sonli registrlar xotirada adreslar sonini oshishiga olib keladi.
PC – bu maxsus mo’ljallangan registr keyingi bajariladigan ko’rsatmaning
adresini saqlash uchun ishlatiladi.
IR – bu ayni vaqtda CPUda bajarilayotgan ko’rsatmani adresini saqlab turadi
va dekodelaydi.