SHuningdek, ERI korxona va savdo-sotiqqa oid tashkilotlarda hisobotlarni
elektron ko‘rinishda topshirishda, elektron hujjatga yuridik maqomini
berishda katta ahamiyatga ega.
ERIning umumiy tan olingan sxemasi (modeli) uchta jarayonni o‘z ichiga
oladi:
ERI kalitlarini generatsiyalash;
o
ERIni shakllantirish;
o
ERIni tekshirish (haqiqiyligini tasdiqlash).
Elektron hujjatni ERI bilan shakllantirish jarayoni 1-rasmda keltirilgan bo‘lib, avval
yuboriluvchi ma’lumotning xesh-funksiya qiymati hisoblanadi. So‘ngra elektron
raqamli imzo algoritmiga ko‘ra jo‘natuvchi tomon yopiq kaliti orqali ma’lumot
imzolanadi.
ERIni tekshirishda jo‘natuvchi tomon ochiq kaliti orqali hisoblangan xesh-funksiya
qiymati va ma’lumot xesh-funksiya qiymatlari solishtiriladi. Quyidagi 2-rasmda. ERIni
tekshirish jarayoni keltirilgan.
Turli ERI algoritmlarini shakllantirish va uning haqiqiyligini tekshirish amallari ularning
matematik funksiyalari orqali farqlanadi.
Ushbu maqolada mavjud ERI algoritmlarining matematik funksiyalari muammolar
murakkabligiga ko‘ra sinflangan (1-jadval):
- Faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Elliptik egri chiziqli diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI
algoritmlari.
- Parametrlar algebrasiga asoslangan ERI algoritmlari.
Dostları ilə paylaş: