Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida
barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-
rasm). Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi
integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday
tendentsiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning
yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda
turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi
vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining
sig’im qarshiligini o’lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining
daktiloskopik qurilmasi yarimo’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini
aniqlash orqali axborotni yig’adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha
Ushbu asbobga qo’yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini
o’taydi.Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000
sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig’im datchiklari
barmoq sirti do’ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining
o’zgarishini o’lchaydi. Natijada do’ngliklar va pastliklargacha bo’lgan masofa
aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli
tekshirishda AuthenTeckompaniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham
oshirishga imkon beradi.
Bu usul bo’yicha asosiy skaner sifatida Identix kompaniyasining TouchSafe II
skanerlarini keltirish mumkin. Bu skaner kontrolleri kompyuterga ISA shinasi
orqali ulanadi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta–
kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o’lchamlari va
yuqori bo’lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga
aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga o’rnatish mumkin. Natijada
foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo’li, avtomobillar va
bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal
kalitga ega bo’ladi
Dostları ilə paylaş: