Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə69/94
tarix21.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#188626
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла-hozir.org

Ayiruvchi hisoblagich
Ayiruvchi hisoblagich T-trigger asosida qurilishi mumkin. Buning uchun, oldingi razryaddagi invers chiqish yo‘llarini keyingi hisob kirish yo‘liga ketma-ket ulash orqali qurish mumkin:

Ketma-ket perenosli sinxron ayiruvchi hisoblagich


T-triggerlar kirish signalining manfiy fronti orqali yoki oldingi triggerning invers chiqish yo‘lidagi signal orqali o‘tadilar. Bu musbat frontga to‘g‘ri keladi.
Ketma-ket perenosli asinxron ayiruvchi hisoblagichning
vaqt diagrammasi
Vaqt diogrammasida DD2 i DD3 triggerlarning holitini o‘zgarishi Q1 i Q2 musbat front chiqishi bilan sinxronlashtirilgan.
SHunday qilib, yig‘uvchi va ayiruvchi hisoblagichlarning yagona farqi-bu kichik razryadlardan katta razryadlarga perenos zanjirini tashkil etilishidadir.


Reversiv schetchik
Reversiv hisoblagich – bu hisob yo‘nalishini boshqaradigan hisoblagichdir. Uning sxemasi pastki rasmda keltirilgan.

Reversiv hisoblagichni qurish uchun razryadlar orasida mantiqiy sxemani qo‘shish shart. CHunki u, ikkichi va keyingi triggerlarning hisob kirish yo‘llarini oldingi razryadlarning Q (qo‘shish) yoki (ayirish) chiqish yo‘llari bilan ta’minlaydi.


Quyidagi rasmda reversiv hisoblagichni qurishning mantiqiy sxemasi keltirilgan.
Razryadlar orasida qo‘shimcha mantiqiy elementlarni qo‘shish, hisoblagichni o‘rnatish vaqtini ko‘paytiradi va registratsiya qilingan holatlarni vaqtining maksimal chastotasini kamaytiradi.


Hisoblagichlarni triggerlar asosida sintez qilish
Ushbu usul raqamli avtomatlar nazariyasiga asoslanadi va quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Dastavval, hisoblagichning strukturali modeli quriladi. U quyidagi ko‘rinishga ega:

Hisoblagichning strukturali modeli

Keyin kengaytirilgan haqiqiylik jadvali tuziladi. So‘ng, kombinatsion sxemaning chiqish signali ifodasi olinadi va zaruriyat tug‘ilganda triggerlarning kirish signallari ham olinadi. Keyingi bosqichlarda olingan ifodalar ma’lum bo‘lgan mantiqiy elementlar yordamida realizatsiya qilinadi.





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin