Nazorat savollari.
1.Multipleksor qanday vazifani bajaradi?
2.Multipleksor sxemada shartli belgilanishi.
3.Multipleksorning ME asosidagi sxemasini chizing.
4.Demultipleksor qanday vazifani bajaradi?
5.Demultipleksor sxemada shartli belgilanishi.
6.DemultipleksorningME asosidagi sxemasini chizing.
7-MAVZU: KETMA-KET MANTIQIY QURILMALAR.
Reja:
1.Ketma-ket sxemalarni sintez qilish usullari.
2. Bistabil yacheykalar.
3.Teskari aloqali mantiqiy qurilma.
4. Sinxron triggerlar va ularni qo’llash maqsadlari, sxemada belgilanishi.
Tayanch so’z va iborlar:Ketma-ket sxemalar, bistabilyacheyka, trigger, teskari aloqa, sinxron va asinxron kirishlar, RS- trigger.
Ketma-ket mantiqiy qurilmalar. Hodisalarni ro‘y berish ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda bir xil o‘zgaruvchili signal bo‘lgan holatda bunday sxemalarning chiqishidagi signal turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish va tahlil qilishda hodisalarni ro‘y berish ketma-ketligini ajratib olish muhim hisoblanadi.
Ketma-ket sxemalarni sintez qilish usullari. Elektron qurilmalarning sonli elementlari (sonly avtomatlar) deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi, signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi. Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o’zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog’liq bo’lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog’liqdir.Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o’zida saqlashi kerak. Bu qurilmalar ketma-ketli mantiqiy qurilmalar deb ataladi va ular xotiraga ega.
EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Bistabil yacheykalar. Har bir trigger asosida bir-biri bilan o‘zaro kesishib ketgan teskari aloqalari mavjud bo‘lgan ikkita invertorli zanjir yotadi. Bu zanjir bistabil yacheyka (BYA) deb ataladi va u ikkita turg‘un holatga ega.
BYa ning shartli belgisi
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg’un holatga ega bo’lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilma hisoblanib, bistabil yacheykalarga misol bo’la oladi.
1-rasm. Triggerda kirish va chiqishda signallarning vaqtga bo’gliqligi (a) va bistabil yacheyka (b).
Boshlang’ich signallar ta’sirida trigger bir turg’un holatdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo’liga ega: birinchisi to’g’ri chiqish yo’li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo’li teskari chiqish yo’li deyiladi va bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |