Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI
«Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish»
fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
A.ABDUKARIMOV, A.S.NARKULOV
Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish - texnik soha
Ta’lim sohasi: 330000 – Kompyuter texnologiyalari va informatika
Ta’lim yo‘nalishi: 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter
injiniringi”, “AT-servisi”)
5330100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari
(Telekommunikatsiya texnologiyalari)
SAMARQAND -2021
1-MAVZU: KIRISH. RAQAMLI QURILMALARNI LOYIHALASHGA KIRISH FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Raqamli qurilmalarni loyihalash haqida tushuncha
2. Raqamli qurilmalar va signallar
Tayanch so’z va iboralar: Elektronika, mikroelektronika, signal, integral sxema, tebranish, yarim o’tkazgich.
Kirish
Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika mahsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq.
Birinchi IMS lar 1958 - yilda yaratildi. IMS larning hajmi ixcham, og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarim o‘tkazgichli va gibrid.
Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMS larning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim.
5
Dostları ilə paylaş: |