Nazorat savollari
1. Raqamli tizimlarda qanday mantiqiy o‘zgaruvchilar bo‘lgan qiymatlari bilan namoyon qilinadi ?
2.Signal deganda nimani tushunasiz?
3.Raqamli elektron qurilmalar
4.Raqamli integral sxema
5.Yordamchi integral sxemalar yoki elementlar
2-MAVZU: RAQAMLI QURILMARNI ARIFMETIK ASOSI VA INTEGRAL MIKROSXEMALAR
Reja:
1. Raqamli mantiqiy qurilmalarning tasniflanishi
2. Integral mikrosxemalarning asosiy tushunchasi
3. Integral mikrosxemalarning klassifikatsiyasi
Tayanch so’z va iboralar: Elektronika, mikroelektronika, integral sxema, yarim o’tkazgich.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta ’lim. Blits-so ‘rov, munozara, o‘z-o ‘zini nazorat.
Raqamli mantiqiy qurilmalarning tasniflanishi
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini echa oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada, yechiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar, yechish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari koʻrinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar, matnlar, komandalar va h.k.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin. Shunday qilib, raqamli tizimlarda oʻzgaruvchan va oʻzgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar koʻrinishida ifodalanadi. Shuning uchun ularda masalalar yechishning sonli usullari qoʻllaniladi. Masala yechishning sonli usuli – bu sonlar ustida bajariladigan arifmetik amallar (operatsiyalar) ketma-ketligidir.
Bu vaqtda raqamli qurilma faqat arifmetik amallarni emas, balki hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beruvchi amallarni ham yechish imkoniga ega boʻlishi kerak. Mantiqiy amallar, boshqaruv amallari va bir qator boshqa amallar bularga misol boʻla oladi.
Fan, texnika va ishlab chiqarishning axborotlarni qayta ishlash va oʻzgartirish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi sohasi elektronika deb ataladi.
Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni toʻplash, uzatish va qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ) analog va diskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi.
Raqamli sxemotexnika qiymati boʻyicha kvantlangan elektr signallarni uzatish, qayta ishlash va qabul qilishga moʻljallangan diskret EQ (DEQ) larni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kvantlash deb uzluksiz signalni uning alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirish jarayoniga aytiladi. Natijada, DEQ lar signallarning bir-biridan keskin farqlanuvchi ikkita sath bilan ish koʻradi.
DEQ larning afzalliklari: qurilmada sochiluvchi quvvat kichikligi, elementlar parametrlari nobarqarorlikka nisbatan sust bogʻlanganligi, xalaqitbardoshligining yuqoriligi, axborot saqlash, uzatish va qayta ishlash kanallarida bir turdagi elementlar qoʻllanishi, oʻz navbatida, yuqori ishonchlilik, kichik oʻlchamlilik va arzonlilikni ta’minlaydi.
Raqamli qurilmalar asosini ikkita Turgʻun (ochiq va berk) holatda ishlashi mumkin boʻlgan tranzistorli elektron kalitlar tashkil etadi.
Sodda kalitlar asosida murakkabroq sxemalar: mantiqiy, bistabil, triggerli va boshqalar yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |