Asinxron va sinxron T – triggerlar. T - trigger (ing. Toggle) relaksator ma’nosini anglatadi. Ushbu trigger faqat bitta T-informatsion kirish yo‘liga ega. Bu kirish yo‘li hisob kirish yo‘li deyiladi . T-trigger o‘z holatini kirish yo‘liga yangi boshqaruvchi sig- nal kelishi bilan o‘zgartiradi.
Asinxronn T-trigger.Bu qurilmaikkita turg‘un holatga ega bo‘lib, bitta T- informatsion kirish yo‘liga egadir. U asinxron T-trigger deb ataladi. Bunday triggerning kirish yo‘liga «1» signal berilganda u o‘z holatini qarama-qarshi (teskari) holatga o‘zgartiradi.
Quyida asinxron T-triggerning vaqt diagrammasi hamda ikki taktli RS- triggerdan tashkil topgan sxemasi keltirilgan. Ushbu sxemada «S» kirish yo‘liga T=1 signalini berish orqali, ikki taktli RS triggerga oldingi taktga teskari bo‘lgan ikkilik kodni yozish imkoniyati paydo bo‘ladi.
S
inxron T-trigger Sinxron ikki taktli ushbu qurilmada birlik kodni triggerga yozish S=1 bo‘lganda bajariladi. T- kirish signali S=1 bo‘lganda yuqori kuchlanish bilan ifodalanadi. Demak, triggerning holati T=1 bo‘lganda teskarisiga o‘zgaradi va T=0 bo‘lganda esa uning holati o‘zgarmaydi.
Sinxron T-trigger quyidagi o‘tish jadvali asosida ishlaydi:
JK-triggerlar va ularning ishlash prinsipi JK-triggerlar (ing. Jerk-tezkor yoqish, Kill-tezkor o‘chirish) RS triggerdan farqi shundaki, agar RS triggerlarning kirish yo‘liga R=1 va S=1 signallari berish ta’qiqlangan bo‘lsa, JK –triggerlar kirish yo‘lidagi birlik signallarda u o‘z holatini teskarisiga o‘zgartiradi. Jadvalda JK-triggerning o‘tish qonuniyati, shuningdek uning vaqt diagrammasi hamda funksional sxemasi keltirilgan.
O‘tish jadvali
S
J
K
Qt+1
Izoh
0
*
*
Qt
Saqlash
1
0
0
Qt
1-ni o‘rnatish
1
1
0
1
1-ni o‘rnatish
1
0
1
0
0-ni o‘rnatish
1
1
1
Qt
Inversiya
Universal JK-triggerlar Sxemada «S» kirish yo‘liga impulsning oldingi fronti berilsa, unda birinchi sinxron RS- trigger ishlaydi. RS triggerning chiqish yo‘lidagi qiymatlari J va K kirish yo‘llari qiymatlari bilan belgilanadi. Ikkinchi RS- trigger saqlash rejimida bo‘ladi. «S» kirish yo‘liga sinxroimpuls-ning orqa fronti berilsa, birinchi RS-trigger ikkilik kodni saqlash rejimiga o‘tadi. Uning chiqish yo‘lidagi qiymati ikkinchi RS-triggerga o‘tadi.
Universal JK-triggerning xususiyati shundaki, u D, T, RS-triggerlar sifatida ishlatilishi va ularning funksiyalarini bajarishi mumkin. Quyidagi sxemalarda JK-triggerni D, T, RS-triggerlar sifatida qo‘llash sxemalari keltirilgan.
Sinxron RS-trigger Asinxron T-trigger
Tayanch so’z va iboralar:Hisoblagich, asinxron hisoblagichlar (ketma-ket), sinxron hisoblagich (parallel), jamlovchi va ayiruvchi, ikki yo’nalishli (reversiv) hisoblagichlar.
1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi
Hisoblagichlar- ketma-ket qurilma bo‘lib, kirish yo‘liga berilgan impulslar sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi.
Hisoblagichlar bir nechta belgilar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Ularni alohida ko‘rib chiqamiz.
1.Hisob yo‘nalishi bo‘yicha:
a) yig‘iluvchi;
b) ayiruvchi;
v) reversiv.
2. O‘tish (perenos) sxemalarini tashkil etish yo‘li bo‘yicha:
a) ketma-ket perenosli hisoblagichlar;
b) to‘g‘ridan to‘g‘ri perenosli hisoblagichlar;
v) Parallel perenosli hisoblagichlar;
3. Perenos koeffitsienti bo‘yicha:
a) ikkilik;
b) ikkilik-o‘nlik;
v) ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsienti;
g) hisobning o‘zgaruvchan koeffitsienti bilan va h k.
4. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o‘zgartirish bo‘yicha:
a) asinxron;
b) sinxron.