Kirishdagi ma'lumotlar
2.15-rasm. Xotira mikrosxemalari.
4 Mbit xajmli xotirani tashkil qilishning ikki xil yo‘li.
Statik TXQda esa bir bit axborotni saqlash uchun kamida 6-ta tranzistor kerak bo‘ladi. Shuning uchun asosiy xotira deyarli har doim dinamik TXQ asosida quriladi. Dinamik TXQ, statik TXQga nisbatan ancha sekin ishlaydi. Dinamik TXQning bir necha xillari mavjud:
FPM (Fast Page Mode) - tezkor sahifalar rejimiga ega dinamik xotira (rus tilida - быстрый постраничный режим);
EDO (Extended Data Output) - ulanish nuqtalarining imkoniyatlari kengaytirilgan dinamik xotira - (rus tilida - память с расширенными возможностями вывода);
DRAM, SDRAM (Synchronous RAM) - sinxron dinamik TXQlari (rus tilida - синхронное динамическое ОЗУ);
DDR (Double Data Rate) - ma’lumotlarni ikki karra tez uzata oluvchi (rus tilida - передача данных с двойной скоростью).
Doimiy xotira qurilmalari. Elektr manbai uzilganda ham ma’lumotlarni saqlay oladigan xotira - doimiy xotira qurilmasi (DXQ) deb ataladi (ROM - Read-Only Memory, rus tilida - постоянное запоминающее устройство - ПЗУ). Odatda doimiy xotira qurilmalaridagi axborotni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash mumkin emas. Ammo hozirda DXQni ishlab chiqarish paytidagina emas, balki uni qo‘llashdan avval, ya’ni uni ishlatish paytida ham axborotni yozish mumkin bo‘lgan va axborotni o‘chirib yozish mumkin bo‘lgan doimiy xotira qurilmalari ham ishlab chiqilgan. Ular quyidagicha nomlanadilar:
PROM (Programmable ROM) - programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida - программирумые ПЗУ).
EPROM (Erasable PROM) - axborotni o‘chirish va qayta yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida - стираемое программируемое ПЗУ);
EEPROM (Electronically EPROM) - axborotni elektron tarzda o‘chirish va yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida - электронно-перепрограммируемое ПЗУ);
flesh-xotira.
3.Xotiraning ierarxik strukturasi.
Magnitli disklar - vinchesterlar. IDE va SCSI disklar.
RAID massivlari
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning ananaviy yo‘li, xotirani ierarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (2.16-rasm).
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan. Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir. Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. Ierarxiyaning uchinchi pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar, hamda optik disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.
2.16-rasm. Xotirani besh sathli ko‘rinishda tashkil etish.
Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt - bir necha nanasekundni, kesh-xotirada bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi - disklarga murojaat qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham katta qiymatlarga ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira xajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga (masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi. Ushbu paragrafda biz asosan magnitli va optik disklarga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
Magnitli disklar - vinchesterlar. Magnitli disk - alyuminiydan (yoki shishadan) tayyorlangan, magnit qavat bilan qoplangan bir yoki bir nechta doirasimon yuzalardan iborat bo‘ladi. Ushbu magnit disklarning diametrlari avvallari 50 sm bo‘lgan, hozirda ularning diametrlari 3 sm dan 12 sm gacha qilib ishlab chiqarilmoqda. Noutbuk va netbuklardagi disklarning diametrlari esa 3 sm dan ham kamayib bormoqda. 2.17-rasmda magnitli disk yo ‘Ikasining konfiguratsiyasi keltirilgan.
Yo‘lka (rus tilida - дорожка) deganda, disk to‘liq bir marotaba aylanishi natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir yo‘lka ma’lum bir uzunlikdagi sektorlarga bo‘lingan. Odatda har bir sektor 512 bayt (4096 bit) hajmdagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Yo‘lkada ma’lumotlardan avval, yozish-o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun mo‘ljallangan preambula (preamble) joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlardan keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC (Error-Correcting Code, rus tilida - код исправления ошибок) yozib qo‘yiladi. Bunday kodlar sifatida Xemming yoki Rid-Solomon kodlaridan foydalaniladi. Qo‘shni sektorlar orasida sektorlararo intervallar joylashgan bo‘ladi. Ishlab chiqaruvilar disklarning hajmi sifatida formatlanmagan diskning o‘lchamini keltiradilar. Odatda formatlangan diskning o‘lchami, formatlanmagan diskning o‘lchamiga nisbatan 15 % ga kam bo‘ladi. Hozirgi disklarda 5000 dan 10 000 tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 mikrondan 2 mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm). Yo‘lkalarga yozilgan ma’lumotlarning zichliklari, yo‘lkaning markazdan qancha uzoqda joylashganiga qarab 50 000 dan 100 000 bit/sm gacha bo‘lishi mumkin.
2.17-rasm. Disk yo‘lkasining bo‘lagi (rasmda ikkita sektor keltirilgan).
Ko‘pgina vinchesterlar ustma-ust joylashgan bir nechta plastinkalardan iborat bo‘ladi. Plastinkalardagi markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan yo‘lkalar - silindr deb ataladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuter modellarida 6 tadan 12 tagacha plastinkalardan iborat vinchesterlar o‘rnatilgan. Disklarning aylanish tezliklari minutiga 5400, 7200 yoki 10 800-taga etishi mumkin. Hozirgi disklarda bir yo‘lkada joylashgan ma’lumotlarni o‘qish tezligi 40 Mbayt/sek dan oshib ketdi.
Hozirgi disklarda, avvalgi disklardan farqli ravishda silindrlar zonalarga bo‘lingan. Bu narsa disklarning hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Odatda ularning soni 10 tadan 20 tagacha bo‘lishi mumkin. Quyidagi 2.18-rasmda zonalari soni 5-taga teng bo‘lgan disk keltirilgan.
Vinchesterni boshqarish - kontroller yordamida amalga oshiriladi. Kontroller tarkibida ham alohida protsessor bo‘lib, ular READ, WRITE va FORMAT kabi buyruqlarni bajaradi, yozish-o‘qish qurilmasini boshqaradi, xatolarni topish va to‘g‘irlash, asosiy xotiradan o‘qilayotgan baytlarni uzluksiz bitlarga aylantirish kabi vazifalarni bajaradi.
2.18-rasm. Zonalar soni beshta bo‘lgan disk, har bir zona, bir nechta yo‘lkalardan iborat.
IDE-disklar. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida - устройство со встроенным контроллером) - o‘rnatilgan kontrollerga ega qurilma, ya’ni disk yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi 504 Mbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi - 4 Mbit/sek.
EIDE (Extended IDE, rus tilida - усовершенствованные устройства со встроенным контроллером) - o‘rnatilgan kontrollerga ega takomillashtirilgan IDE-qurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi -128 Gbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi - 16 Mbit/sek, unda LBA (Logical Block Addressing, rus tilida - линейная адресация блоков) - bloklarni chiziqli adreslash sxemasi qo‘llanilgan. Ushbu sxema 28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 2 x 2 = 128 Gbayt hajmli xotira deganidir.
ATA-3 (Advanced Technology Attachment, rus tilida - прогрессивная технология соединения) - ulanishning ilg‘or texnologiyasi.
ATAPI-4 (ATA Packet Interface, rus tilida - пакетный интерфейс АТА) - ATA paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi - 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da ma’lumotlarni uzatish tezligi - 66 Mbit/sek. ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish tezligi - 100 Mbit/sek.
ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi - 150 Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tashkil qilgan.
SCSI-disklar (Small Computer System Interface, rus tilida - интерфейс малых вычислительных систем) - kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar. Ushbu disklarning silindrlari, yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDE-disklaridan farq qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda ma’lumotlarni uzatish tezligi ancha yuqori. 2.1-jadvalda, SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari keltirilgan.
SCSI-disklari Sun, HP, SGI kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan UNIX operatsion tizimida ishlovchi ishchi stansiyalarda, Macintosh firmasi kompyuterlarida va Intel firmasining tarmoq serverlarida ishlatilmoqda.
SCSI - bu nafaqat qattiq disk uchun mo‘ljallangan oddiy interfeys, balki u o‘ziga xos shina ham hisoblanadi. Unga SCSI-kontroller va ettitagacha qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Qo‘shimcha qurilmalar sifatida - kompakt-disklardan o‘qish-yozish qurilmasi, skanerlar, magnit lentali qurilmalar va boshqa shularga o‘xshash tashqi qurilmalar olinishi mumkin.
8-razryadli SCSI-kurilmasi kabeli 50-ta (25 juft) o‘tkazgichdan iboratdir. Ushbu o‘tkazgichlardan 8-tasi ma’lumotlar uchun, 1-tasi uzatilayotgan ma’lumotlarda juftlikni nazorat qilish uchun, 9-tasi ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun va qolganlari esa kelajakda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
2.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari.
Dostları ilə paylaş: |