A
sinxron RStrigger Asinxron RS trigger ikkita mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin: ”YOKI-YO‘Q” hamda “VA–YO‘Q”. Elementlar qayta aloqa zanjirlari orqali o‘zaro ulanadi.
“YOKI – YO‘Q” elementlar asosida qurilgan asinxron RS triggerning funksional sxemasi va grafik belgilanishi xamda uning vakt diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Bunday trigger ikkita kirish yo‘liga (S va R) hamda ikkita chiqish yo‘liga (Q va ) ega. Bu erda R-reset-olib tashlash (sbros) va S-Set- o‘rnatish ma’nolarini anglatadi.
Endi asinxron RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz:
S=1 va R=0 bo‘lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1)
S=0 va R=1 bo‘lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0)
S=0 va R=0 bo‘lganda trigger o‘z holatini saqlaydi Ushbu holat axborotni saqlash rejimi xisoblanadi.
S=1 va R=1 signallarini bir vaktda berish ta’qiqlanadi, chunki bunday kirish signallarida trigger o‘z turg‘un holatini yo‘qotadi.
Demak asinxron RS triggerning o‘tish jadvalini quyidagicha ifodalash mumkin: