Electronics Workbench dasturida “To’liq qo’shuvchi mantiqiy element” elementini yig’ish.
EWB dasturini ishga tushiramiz.
(1-rasm)
Dastavval “ Sources ” bo’limidan “ +Vcc Voltage Source “ elementini tanlab olamiz. Elementning ustiga sichqoncha kursorini olib borib ,sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va qo’yib yubormay tanlagan elementimizni ishchi maydonga joylashtiramiz.
(2-rasm)
Yuqoridagi amalni bajarganimizdan so’ng “Digital” bo’limini tanlab , u yerdan “Full Adder”elementni olamiz.Undan tashqari bizga “ Indicator “bo’limidagi elementlardan ham foydalanamiz.Bizga yana “Basic” bo’limidagi “Switch” piktogrammasi kerak.Olingan piktogrammalarni quyidagi shaklga asosan birlashtiramiz.
To’liq qo’shuvchi mantiqiy element elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz va natijalarni olib ko’ramiz.Natijalar kalitlar ya’ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1.Barcha manbalarni uzgandagi holatni tekshiring.
2.Birinchi va ikkinchi manba uzilgandagi holat tekshirilsin.
3.Ikkinchi uchinchii manba uzilgandagi holatlarni tekshiring.
4.Summator elementindagi hosil bo’lgan 1 va 0 holni teskarisiga o’giring.
5.Summator elementiga qo’shimcha piktogramma qo’shilishini sinab ko’ring.
10-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Shifrator qurilmasini loyihalashtirish va ish tartibini o‘rganish
Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda shifrator mantiqiy elementlarini ishlashini o’rganish.
Nazariy qism:
1. Shifratorlar va ularning ishlash prinsiplari
Shifrator (CD- coder) - kirish yo‘lidagi birlik signalni n razryadli ikkilik kodga aylantiradigan EHM ning aniq uzelidir.
Boshqacha qilib aytganda shifritor 10- lik kodni 2-lik kodga aylantirib berish uchun xizmat qiladigan operatsion elementdir. SHuning uchun shifratorlar raqamli texnikaning va EHMlarning kiritish qurilmalarida unlik kodlarni ikkilik kodlarga o’zgartirishda keng qo‘llaniladi.
Shifratorning kirish va chiqish yo‘llari soni m=2n munosabat bilan belgilanadi.
Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o‘zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2n dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar m=2n munosabat bajarilsa shifrator to‘liq, agar m<2n bo‘lsa, u to‘liq emas deb ataladi.
“10 dan 4 ga” o‘zgartiruvchi shifratorning shartli belgilanishi
“10 dan 4 ga” shifratorning haqiqiylik jadvali
(to‘liq emas)
Dostları ilə paylaş: |