43
Siyosatlar.
Siyosatlar yordamida tashkilot shaxsiy tarmoq
xavfsizligi uchun qonuniy ichki tarmoq talablarini yaratadi. Siyosat
turli
muolajalardan iborat bo‘lib, ular tashkilot uchun xavfsizlik
arxitekturasini ko‘rsatadi. Ushbu siyosatlarning amalga oshirilishi
tashkilotga standartlarni o‘rnatish va
risklarni boshqarish kabi
vazifalarni bajarishiga imkon yaratadi.
Standartlar.
Standartlar siyosatni amalga
oshirish usullarini
tavsiflaydi va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Standartlar
korxona siyosatiga ixtiyoriy va mandatli aloqador bo‘lib, ishlab
chiqilgan standartni ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgartirish talab etilmasligi
zarur. Shuningdek, standartlar texnologiya, qurilma
va dasturiy vositaga
bog‘liq holda xavfsizlik nazoratini o‘z ichiga oladi.
Yo‘riqnomalar.
Yo‘riqnomalar tashkilot
siyosati va standartlarini
amalga oshirish strategiyasini aniqlab, tashkilotning tahdidlarga qarshi
tura olishida yordam beradi. Shuning uchun, tashkilot xodimlari
yo‘riqnomalarni
bajarish uchun, maxsus o‘qitiladi.
Muolajalar.
Muoalajalar tashkilot siyosatini amalga oshiruvchi
ketma-ket bosqichlar to‘plami bo‘lib, ularni
amalga oshirishda
imtiyozga ega subyektdan tasdiq talab etiladi. Muolajalar quyidagi
savollar asosida ishlaydi:
Dostları ilə paylaş: