56
3.2. Simmetrik kriptografik algoritmlar
Quyida simmetrik kriptotizimlar, shuningdek, ularning ikki turi:
oqimli
va
blokli
simmetrik shifrlash algoritmlariga to‘xtalib o‘tiladi.
Simmetrik shifrlash algoritmlarida ma’lumotlarni
shifrlash va
rasshifrovkalashda yagona kalitdan foydalaniladi. Ma’lumotlarni
shifrlash va rasshifrovkalash jarayonlarini amalga oshirish tartibi
foydalanilayotgan tizim xususiyatiga asosan tanlanadi.
Simmetrik kriptotizimlarning ishlashi bilan tanishishda quyidagi
belgilashlar kiritiladi:
−
ochiq matn
𝑃
ni
simmetrik kalit
𝐾
bilan shifrlash:
𝐶
=
𝐸
(
𝑃
,
𝐾
)
;
−
shifrmatn
𝐶
ni simmetrik kalit
𝐾
bilan rasshifrovkalash:
𝑀
=
𝐷
(
𝐶
,
𝐾
).
Bu yerda,
𝐸
()
va
𝐷
()
lar mos ravishda
simmetrik kriptotizimdagi
shifrlash va rasshifrovkalash funksiyalari.
Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari.
Oqimli simmetrik
shifrlash algoritmlari bir martali
bloknotga asoslangan, farqli jihati –
bardoshligi yetarlicha pastligi va boshqariladigan kalitning mavjudligi.
Ya’ni, kichik uzunlikdagi kalitdan ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan
ketma-ketlik hosil qilinadi va undan bir martali bloknot sifatida
foydalaniladi.
Oqimli
shifr
𝑛
bitli kalit
𝐾
ni qabul
qiladi va uni ochiq matnni
uzunligiga teng bo‘lgan ketma-ketlik
𝑆
ga uzaytiradi. Shifrmatn
𝐶
ketma
– ketlik
𝑆
ochiq matn
𝑃
bilan
𝑋𝑂𝑅
amali yordamida hosil qilinadi.
Bunda ketma-ketlikni qo‘shish bir martali bloknotni qo‘shish kabi
amalga oshiriladi.
Oqimli shifrni quyidagicha sodda ko‘rinishda yozish mumkin:
𝑆𝑡𝑟𝑒𝑎𝑚𝐶𝑖𝑝ℎ𝑒𝑟
(
𝐾
) =
𝑆
Bu
yerda
𝐾
kalit,
𝑆
esa natijaviy ketma-ketlik. Esda saqlash
lozimki, bu yerdagi ketma-ketlik shifrmatn emas, balki bir martali
bloknotga o‘xshash oddiy qator.
Agar berilgan ketma-ketlik
𝑆
=
𝑠
0
,
𝑠
1
,
𝑠
2
, …,
va ochiq matn
𝑃
=
𝑝
0
,
𝑝
1
,
𝑝
2
, …,
berilgan bo‘lsa, XOR amali yordamida shifrmatnning
mos bitlari
𝐶
=
𝑐
0
,
𝑐
1
,
𝑐
2
, …,
ni quyidagicha hosil qilish mumkin.
57
𝑐
0
=
𝑝
0
⨁𝑠
0
,
𝑐
1
=
𝑝
1
⨁𝑠
1
,
𝑐
2
=
𝑝
2
⨁𝑠
2
, …
Shifrmatn
𝐶
ni rasshifrovkalash uchun, yana ketma-ketlik
𝐶
dan
foydalaniladi:
𝑝
0
=
𝑐
0
⨁𝑠
0
,
𝑝
1
=
𝑐
1
⨁𝑠
1
,
𝑝
2
=
𝑐
2
⨁𝑠
2
, …
Jo‘natuvchi va qabul qiluvchini bir xil oqimli
shifrlash algoritmi va
kalit
𝐾
bilan ta’minlash orqali, ikkala tomonda bir xil ketma-ketliklarni
hosil qilish mumkin. Biroq, natijaviy shifr kafolatli xavfsizlikka ega
bo‘lmaydi va asosiy e’tibor amaliy jihatdan qo‘llashga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: