52
kalit mavjud bo‘lishi zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil
qilinadi va maxsus usullar asosida ikkinchi
tomonga xavfsiz tarzda
yetkaziladi.
2.
Ochiq kalitli kriptografiya.
Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki
asimmetrik kriptografiya deb ham ataladi) ma’lumotni shifrlash qabul
qiluvchining
ochiq kaliti
bilan amalga
oshirilsa, uni rasshifrovkalash
qabul qiluvchining
shaxsiy kaliti
bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun
ham ochiq kalitli kriptotizimlarni
ikki kalitli
kriptotizimlar deb ham
yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy ko‘rinishi 3.2-
rasmda keltirilgan.
Ochiq matn
Shifrlangan matn
Shaxsiy kalit
Ochiq kalit
Shifrlash
algoritmi
Rasshifrovkalash
algoritmi
Ochiq matn
Jo
‘natuvchi
Qabul qiluvchi
3.2-rasm.
Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ko‘rinishi
Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot
almashinish uchun dastlab, jo‘natuvchi qabul qiluvchining
ochiq kalitiga
ega bo‘lishi kerak. Qabul qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni
shifrlash uchun foydalaniladi va u bilan shifrmatnni
rasshifrovkalashning imkoni mavjud emas. Xuddi shuningdek, shaxsiy
kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni
rasshifrovkalash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy
kalit egasi tomonidan xavfsiz saqlanishi va o‘zidan
boshqa hech kimga
ma’lum bo‘lmasligi kerak.
3.
Xesh funksiyalar.
Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini
kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilishi
davomida o‘zgarishga uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi.
Xesh-funksiyalarda odatda kiruvchi ma’lumotning uzunligi
o‘zgaruvchan, chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi.
Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, O‘z DSt
1106:2009 larni misol sifatida keltirish mumkin.
53
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda
(rasshifrovkalashda) ikki
turdagi
akslantirish
lardan foydalaniladi.
Ulardan biri
o‘rniga qo‘yish (substitution)
akslantirishi, ikkinchisi
o‘rin
almashtirish (permutation)
akslantirishi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi.
Ushbu akslantirish sodda va
zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi.
O‘rniga qo‘yish akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan
olinib, unga mos shifrmatn simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi.
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish
akslantirish amali
asosida shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda
shifrlash usuli Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn
“HELLO”ga teng bo‘lsa, unga mos holda shifrmatn “KHOOR”ga teng
bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn alfaviti ochiq matn alfavitidan 3 ta
pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash
kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (3.1-jadval). Rasshifrovkalash
jarayonida esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib, unga
mos ochiq matn alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan,
shifrmatn “ILUVW”ga teng bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST”ga
teng bo‘ladi.
3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: